|
Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi
TXTY Markaziy Osiyo mintaqasi ko’rgazmalari orasida alohida o’rin egallaydi va haqli ravishda mamlakatda eng ko’p mehmon to’playdigan tadbir hisoblanadi. Joriy yilda u 17-marta o’tkaziladi.
Bugungi kunda mamlakatda 710dan ortiq sayyohlik tashkilot faoliyat yurityapti, 261 firma mehmonxona xizmatlari ko’rsatishga licenziya olgan. O’zbekiston sayyohlik industriyasi keyingi yillarda jo’shqinlik bilan rivojlanyapti, ichki sayyohlik 19% o’sgan. 2010 yilda respublikaga olis xorij va MDH mamlakatlaridan 1 million 353 ming sayyoh kelgan. Xorijda dam olishga 560 mingga yaqin yurtdoshimiz chiqqan.
O’zbekistonda turizm
O’zbekiston – turli davralrga mansub yuzlab me’moriy obidalarga ega bo’lgan mahobatli shaharlar mamlakati. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent va Qo’qon butun dunyoga mashhur. Rim va Bobilga tengdosh bo’lgan ushbu shaharlar XIV-XV asrlarda, Amir Temur hukmronlik qilgan vaqtda ayniqsa gullab-yashnadi. Bir paytlar bu shaharlar madaniyat va ilm-fanning eng yirik markazlari bo’lgan. Ularga o’sha davrning eng buyuk olimlari va mohir hunarmandlari to’plangan. Dunyo o’tmishning atoqli me’morlari barpo etgan saroylar, minoralar, masjidlar, maqbaralarning hashamdorligi va mahobatidan hayratda qolgan.Butun dunyoga mashhur bo’lgan qadimiy me’moriy obidalar hali ham Iskandar Zulqarnayn va Chingizxon istilolari davrini xotirlaydi. Jahon tamadduni tarixida eng salmoqli yutuqlaridan biri bo’lgan Buyuk ipak yoli ham ana shu shaharlar orqali o’tgan. Hozir ham qadimiylik nafasi ufurib turgan ushbu tarixiy shaharlarga kelgan sayyohlarning shinam va xavfsiz bo’lishlarini ta’minlash uchun ko’p sa’y-harakatlar qilindi. Ko’plab yangi mehmonxona va mehmon uylari ochildi, yangi restoran va kafelar xalqaro standartlar darajasiga yetdi, yengil avtomobillar, shinam sayyohlik avtobuslaridan tortib juda tez yuradigan poyezdlar va samolyotlarga qadar, transport vositalari borgan sari ko’p sayyohlarni tashimoqda. O’zbekiston poytaxti – Toshkentdan 85 kilometr janubi-sharqda joylashgan va O’rta Osiyoning noyob tog’-chang’i kurorti hisoblangan yuqori tog’lik Chimyon qishlog’i (dengiz sathidan 1650 metr balandda) ekologik va ekstremal turizm muhlislarida borgan sari ko’proq mashhur bo’lib boryapti.
Nima uchun O’zbekiston?
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng katta shahar bo’lib, unda 3 millionga yaqin kishi yashaydi, Toshkent viloyatida ham taxminan 2 million kishi yashamoqda. O’zbekiston aholisi 28 million kishi bo’lib, Markaziy Osiyoda eng ko’p aholi yashaydigan respublika hisoblanadi. O’zbekiston paxta yetishtirish bo’yicha 5 –o’rinda va paxta eksport qilish bo’yicha 3-o’rinda turadi. O’zbekiston oltin qazib olish bo’yicha yetakchi bo’lib, dunyodagi eng yirik kar’yerga ega, shuningdek ko’mir, uran, gaz va neftning salmoqli zaxiralari mavjud. Yiliga 80 tonna qazib olib, O’zbekiston oltin qazib olish bo’yicha dunyoda 7-o’rinni va oltin zaxiralari bo’yicha 4-o’rinni egallaydi. Shuningdek O’zbekiston tabiiy gazning boy zaxiralariga ega, undan ichki iste’mol bozorida foydalaniladi va muvaffaqiyat bilan eksport qilinyapti.
Markaziy Osiyo respublikalari o’rtasida O’zbekiston eng yirik iste’mol bozoriga egadir. Mazkur bozorda eksport savdosini samarali rivojlantirish uchun O’zbekistonda bilim va tajribasi kompaniyangiz muvaffaqiyatga erishishda yordam beradigan ishonchli hamkorlarni topish lozim.
Reklama kampaniyasi
Sayyohlar oqimining yuqori darajasini ta’minlash uchun TNT Productions, Inc. kompaniyasi o’z ichiga oladigan keng miqyosli milliy va mintaqaviy reklama kampaniyasini o’tkazishni rejalashtiryapti:
10000ta bepul taklifnomalarni pochta orqali yuborish;
Milliy matbuotda bosma reklama;
Markaziy Osiyo va Rossiyaning ko’plab savdo gazetalari va jurnallarida bosma reklama;
O’zbekistonning milliy va mahalliy telekanallarida television reklama;
Radioda reklama;
Metroda reklama;
Toshkentning asosiy ko’chalarida osma matnli reklama;
Shahar monitorlarida reklama;
Telefon marketingi.
Ko’rgazmaning asosiy bo’limlari
Sayyohatlar:
dam olishning yozgi turlari, mavsumiy dam olish;
biznes-turlar va ishbilarmonlik safarlari;
bolalar uchun dam olish, ekskursiyalar, kruizlar;
bilim, ekologik, ekstremal, sarguzasht, sport va ta’lim turizmi.
Ishbilarmonlik turizm va MICE.
Mehmonxona va restoran servisi.
Transport xizmatlari:
avia- va temir yo’l kompaniyalari;
dengiz va daryo transporti;
mashinalarni ijaraga olish kompaniyalari va avtobusda tashishlar.
Sanatoriylar, pansionatlar, davolash-sog’lomlashtirish muassasalari.
Davolanish, SPA, sog’lomlashtirish dasturlari.
Sug’urta kompaniyalari.
Bank ishi.
Ommaviy axborot vositalari.
Turizm va tashishlar sohasida ishlaydigan IT-kompaniyalar.
Muzeylar, ko’rikxonalar, milliy mavzuviy parklar.
Ta’lim va o’qitish:
turizm va mehmonxona sohasida ixtisoslashgan o’quv yurtlari;
turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash;
Axborot nashrlari:
Xaritalar, bukletlar va yo’lko’rsatkichlar.
Xorijdagi ko’chmas mulk.
Turizmda sug’urta.
Madad beruvchilar:
“O’zbekturizm” MK;
O’zbekiston sayyohlik agentliklari birlashmasi.
O’tkazish joyi
O’zekspomarkazning ko’rgazma pavil’onlari eng birinchi ko’rgazma-yarmarka tadbirlarning o’tkazilishi xalqaro standartlariga to’liq muvofiq keladi. Bundan tashqari, O’zekspomarkaz majlislar zali, ochiq maydonchalar va zamonaviy ko’rgazma jihozlariga egadir. O’zekspomarkaz ishlash uchun qulay joyda joylashgan – olib keladigan yo’llar qulay, yaqinda shinam mehmonxonalar (“EKSPO” mehmonxonasi, “Interkontinental Toshkent mehmonxonasi”) mavjud, kafe va restoranlar ishlaydi.
|