Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

logo milliy tiklanishMa'lumki, bugungi kunda turizm sohasini yanada rivojlantirish masalasiga mamlakatimiz rahbari tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda. Ushbu e'tibor samarasi o‘laroq, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda.

Batafsil...

Rais Taleb Rifai bilan ushrashdi

logo unwto

27 avgust kuni Samarqand shahrida yuqori martabali mehmon Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduxakimov bilan ushrashdi. Ushrashuv mobaynida turizm sohasi bilan bog'liq bir qator masalalar muhokama qilindi, jahon mamlakatlari iqtisodiyotida sohaning tutgan o'rni, aholi bandligini ta'minlashda va daromadlarini oshirishda sayyohlik xizmatlari ahamiyagi va turlari haqida   tomonlar konstruktiv fikr almashdilar.

Batafsil...

Buxoroda AQSHlik marketolog prezentatsiya o‘tkazdi

logo UzbekistanJoriy yilning 9 iyul kuni viloyatdagi turistik firmalar va mehmonxonalarning faoliyatini xorijiy davlatlarda targ‘ib qilish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish  hamda O‘zbekiston-AQSh o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikda ishlash maqsadida “WHITE 64” reklama agentligi raisi Matt Vayt Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Batafsil...

Yaponiya OAV va sayyohlik kompaniyalari delegatsiyasi Xorazmda

flag uzb yaponiyaJoriy yilning 25 iyun kuni viloyatimizning go‘zalligi va jozibadorligi va uning turistik salohiyati bilan yanada yaqinroq tanishish va yaqindan hamkorlik o‘rnatish maqsadida viloyatimizga Yaponiya Ommaviy axborot vositalari va sayyohlik kompaniyalari delegatsiyasi vakillari Xorazmga tashrif buyurishdi.

Batafsil...

Yаponiya OAV vakillari Buxoroda

Joriy yilning 27-28 iyun kunlari Yaponiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari hamda yirik turistik tashkilotlari, jumladan “JTB Communication design”, “JTB World vocations”, “Hankyu International” kabi turistik tashkilotlari, “Loaded Films Co.Ltd” prodyusserlik tashkiloti, “Kyodo news”, “Asahi Shimbun”, “Maininchi Shimbun”, “Komei Shimbun” singari gazetalar muxbirlaridan iborat delegatsiyasi Buxoroning turizm imkoniyatlari, mehmonxonalar sifati va xizmat ko‘rsatish darajasi hamda Buxoroning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish maqsadida viloyatga tashrif buyurdilar.

Batafsil...

Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzularida o‘quv-seminar

logo Uzbekistan

Joriy yilning 29 iyun kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida “Nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvini va ular tomonidan o‘tkaziladigan rejali tekshirishlar sonini yanada qisqartirish”, “Xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish” va “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzularida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Batafsil...

O‘zbekiston va Malayziyaning turizm sohasidagi hamkorligida yangi sahifa

flag uzb malaysiya

Joriy yilning 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Sharapov rahbarligidagi delegatsiya Malayziya davlatiga o’z rasmiy tashrifini amalga oshirdi.  

Batafsil...

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan