Buxoroda AQSHlik marketolog prezentatsiya o‘tkazdi

logo UzbekistanJoriy yilning 9 iyul kuni viloyatdagi turistik firmalar va mehmonxonalarning faoliyatini xorijiy davlatlarda targ‘ib qilish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish  hamda O‘zbekiston-AQSh o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikda ishlash maqsadida “WHITE 64” reklama agentligi raisi Matt Vayt Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

buhara prezent 2017 1

Matt Vaytning tashrifi yuzasidan viloyatdagi turistik tashkilotlar raxbarlari bilan birgalikda konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada Matt Vayt “WHITE 64” reklama agentligi tarixi, faoliyati, vazifa va maqsadlari aks etgan qisqa rolik orqali tinglovchilarga qisqacha ma’lumot berdi. Shuningdek, “WHITE 64” reklama agentligi yaratgan bir necha mashhur brendlar, agentlik ishlanmalaridan namunalar ko’rsatildi.   

“WHITE 64” reklama agentligi raisi Matt Vayt konferensiyadan so‘ng Buxoroning diqqatga sazovor joylari, jumladan Ark qal’asi, Poyi Kalon majmuasi, Labi Hovuz majmualari, “Toqi Zargaron”, “Toqi Telpakfurushon”, “Toqi Sarrafon”  savdo rastalari bilan tanishdi.

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan