Rais Taleb Rifai bilan ushrashdi

logo unwto

27 avgust kuni Samarqand shahrida yuqori martabali mehmon Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduxakimov bilan ushrashdi. Ushrashuv mobaynida turizm sohasi bilan bog'liq bir qator masalalar muhokama qilindi, jahon mamlakatlari iqtisodiyotida sohaning tutgan o'rni, aholi bandligini ta'minlashda va daromadlarini oshirishda sayyohlik xizmatlari ahamiyagi va turlari haqida   tomonlar konstruktiv fikr almashdilar.

Janob Taleb Rifai O'zbekistonni BTTning muhim a'zolaridan biri sifatida, Samarqandning qadimdan nafaqat savdo sohasi rivoji o'chog'i sifatida, balki turizm - sayohat sohasini yaralishi, rivojlanishida beqiyos ahamiyatga ega ekanini ta'kidlab o'tdi. O'zbekiston hukumati, shaxsan davlat rahbarining sohaga qaratayotgan alohida e'tiboridan mamnun ekani va bu e'tibor ortidan mamlakat iqtisodiyoti, infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi farovonligi, yashash sharoitlarini yaxshilar, ota-bobolardan qolgan moddiy va ma'naviy merosni qadrlash va chet ellarga tanitish, mamlakat nomini ulug'lash kabi ko'plab ezgu natijalarga erishish yotganligini sezib turganligini aytdi.

rifai 2017

 

Samimiy davom etgan muloqot mobaynida A.Abduxakimov o'z navbatida Butunjahon turizm tashkilotini bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda sohada zarur mutaxassislarni yurtimizga jalb qilishda, targ'ibot kampaniyalarini birgalikda tashkil etishga hamda jahonning turizm sohasida yetakchi mamlakatlari tajribasini yurtimiz sharoitiga tadbiq qilish, buning uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kabi ko'plab takliflari bilan o'rtoqlashdi.

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan