Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

logo milliy tiklanishMa'lumki, bugungi kunda turizm sohasini yanada rivojlantirish masalasiga mamlakatimiz rahbari tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda. Ushbu e'tibor samarasi o‘laroq, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda.

milliy tiklanish 1milliy tiklanish 2Mamlakatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish hamda sayyohlik infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan ta'sirchan parlament va deputatlik nazoratini amalga oshirish, joylarda sohani takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida joriy yilning 5 sentyabr kuni Partiya va Qo‘mita o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

milliy tiklanish 3

Ushbu memorandumni to‘liq hayotga tatbiq etish maqsadida turli hamkorlik yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Mazkur hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ishlar olib borishga kelishib olindi:

- sayyohlik infratuzilmasining yanada rivojlanishini, sayyohlar uchun mo‘ljallangan ob'yektlarning har tomonlama maqbul bo‘lishini, transport va mehmonhona xizmatlari va umuman, sayyohlik logistikasi bilan bog‘lik barcha xizmatlarning qulayligini, sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni ta'minlash;

- xorijiy mehmonlar uchun mamlakatimizning xalqaro nufuzini, maftunkorligini oshirishda asosiy omil bo‘lgan turistik faoliyat manzillarida, xalqaro aeroportlarda, vokzallarda ko‘rsatilayotgan servis va xizmatlar sifatini yaxshilash;

- turizm sanoatiga yo‘naltiriladigan investitsiyalar oqimini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish, jumladan, xususiy kapital va biznesga imtiyoz va preferensiyalar berish;

- zamonaviy menejment, shuningdek, vatandoshlarimizga va xorijiy turistlarga O‘zbekistonning o‘tmishi va hozirgi kuni to‘g‘risida ishonchli axborotni yetkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimining samaradorligini oshirish;

- alohida qo‘riqlanadigan noyob tabiiy hududlarni kelib ko‘rish tartibini ko‘zda tutadigan turizmning faol turlarini, xususan, ekoturizmni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar.

milliy tiklanish 4

Xulosa o‘rnida shuni alohida ta'kidlash lozimki, turizm sohasini rivojlantirish birgina tashkilot yoki tizim tashkilotlari uddalaydigan vazifa emas. Balki sohani davlat, hususiy sektor va nodavlat tashkilotlarning o‘zaro yaqin hamkorligi orqaligina rivojlantirish mumkin. Shunday ekan, nodavlat siyosiy tashkilot sifatida partiyaning turizm sohasini rivojlantirish jarayonlarida ishtirok etishi bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada samarali tarzda olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan