Litsenziyalash

 

Tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4861-sonli Farmoniga muvofiq, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan, turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yangi tahrirda nizom ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

Mazkur nizom tasdiqlangandan so‘ng, Qo‘mitaning rasmiy saytida bu to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot joylashtiriladi. 

Sayyohlik faoliyatini litsenziyalashni  amalga  oshirish 2003 yilning 11 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining № 497 qaroriga muvofiq  amalga oshirilib kelinmoqda.

Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining turizm faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi Komissiyaning ishchi organi  funksiyasini bajaradi

Ishchi organga faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishga litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan yuridik yoki jismoniy shaxs litsenziya talabgori bo‘lishi mumkin. Jismoniy shaxsga litsenziya faqat ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish huquqi uchun beriladi.

Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab  o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.

Ishchi organ o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritadi.

Komissiya ishchi organ taklifi olingandan keyin o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi hamda qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.

Turizm faoliyati turizm xizmatlarining quyidagi turlarini ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi:

mehmonxona xizmatlari - joylashtirish vositalarida (mehmonxona xo‘jaliklari, turizm komplekslari, turizm bazalari, dam olish zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, o‘tovlar, milliy mehmon kutiladigan uylar va turistlar kamida bir kechaga tunaydigan boshqa ob'yektlar) iste'molchilarning (ijarada turuvchilarning) vaqtincha yashashi va ovqatlanishini ta'minlash bilan bog‘liq xizmatlar;

turoperatorlik xizmatlari - turizm xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi shartlariga muvofiq turizm xizmatlari kompleksi yoxud ularning bir qismi bilan ta'minlangan aniq muddatlarga muayyan yo‘nalish bo‘yicha sayohat qilishni tashkil etish xizmatlari (bron qilish, joylashtirish, tashish, ovqatlanish, rekretsiya, ekskursiya va boshqa xizmatlar);

ekskursiya xizmatlari - sayyohlarning ma'naviy, intellektual, ishbilarmonlik va boshqa ehtiyojlarini qondirishga qodir bo‘lgan ob'yektlar bilan tanishish maqsadida oldindan tuzilgan yo‘nalishlar bo‘yicha gid (ekskursovod) hamrohligida ekskursiyalarni tashkil etish xizmatlari.

Yuridik shaxslarga ularning arizasi bo‘yicha litsenziya:

- turizm xizmatlarining bir yoki bir nechta turini amalga oshirishga;

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi doirasida turoperatorlik xizmatlari ko‘rsatishga (keyingi o‘rinlarda ichki turizm deb ataladi) beriladi.

Turoperatorlik xizmatlarini amalga oshirish huquqiga litsenziya ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish huquqini ham beradi.

Litseziyaning amal qilish muddati

Turizm faoliyatini amalga oshirishga litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.

Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) quyidagilar ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risida ariza:

- yuridik shaxslar uchun - nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob-kitob raqami;

- jismoniy shaxslar uchun - familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatdagi ma'lumotlar;

- yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan faoliyatning litsenziyalanayotgan turi;

b) yuridik shaxslar uchun - yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; jismoniy shaxslar uchun - yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;

v) litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nusxasi;

d) shakllantirilgan ustav fondi miqdori to‘g‘risida dalolat beruvchi hujjatning nusxasi;

ye) belgilangan tartibda ishchi organ yoxud bunday vakolat berilgan idoraviy mansub tashkilot tomonidan belgilangan tartibda berilgan yuridik shaxslarning xodimlari va gidlar (ekskursovodlar)ning malaka sertifikatlari nusxalari;

j) familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili, pasportiga oid ma'lumotlar, uy manzili, ma'lumoti, telefonlar raqamlari ko‘rsatilgan holda rahbar (gid) (ekskursovod)) to‘g‘risidagi ma'lumotlar.

Gidlar (ekskursovodlar)ga «g» va «d» kichik bandlar talablari ham tatbiq etilmaydi.

Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.

Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ishchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.

Hujjatlar ishchi organ mas'ul xodimi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

Noto‘g‘ri yoki buzilgan ma'lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

Arizani ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish

Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgoridan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2,5 baravari miqdorida yig‘im undiriladi, yig‘im ishchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.

Ishchi organ o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritadi.

Komissiya ishchi organ taklifi olingandan keyin o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi hamda qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.

Ishchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.

Litsenziya olish uchun kerakli hujjatlar ro'yxatini ko'rish    

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji

Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Davlat boji summasi respublika byudjetiga o‘tkaziladi.

Agar litsenziya oluvchi uch kun mobaynida ishchi idoraga davlat bojlari yoki imzolangan kelishuvlarni va shunga o‘xshash hujjatlarni taqdim etmasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish huquqiga egadir.

Litsenziyalar reyestri

Ishchi organ turizm faoliyati litsenziyalari reyestrini yuritadi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

a) litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma'lumotlar:

yuridik shaxslar uchun - tashkilotning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, mulkchilik shakli, filiallar to‘g‘risidagi ma'lumotlar, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;

jismoniy shaxslar uchun - litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportiga oid ma'lumotlar, uy manzili, telefon;

b) litsenziya berilgan sana va uning raqami;

v) litsenziya blankasining seriyasi va raqami;

g) litsenziyaning amal qilish muddati;

d) turizm xizmatlarining turi (toifasi);

ye) faoliyatning litsenziyalanadigan turi amalga oshiriladigan manzil, ish telefoni, faks, elektron pochta manzili;

j) litsenziyani qayta rasmiylashtirish, amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;

z) litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilishning asosi va sanasi;

i) dublikat berishning asosi va sanasi.

Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma'lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi. Reyestrni yuklab olish

Reglamentni yuklab olish (Microsoft Office - Word hajmi 22 Кб)

litsenziya uz

 

Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini litsenziyalash, sertifikatlash va muvofiqlashtirish boshqarmasi: Shakirov Farruh Mansurovich

Tel. (+998 71) 236-79-48

E-mail: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

 

Сайёҳлик фаолиятини лицензиялашни  амалга  ошириш 2003 йилнинг 11 ноябрида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг № 497 қарорига мувофиқ  амалга оширилиб келинмоқда.

Лицензияларни бериш, лицензиянинг амал қилишини тугатиш, шунингдек уни бекор қилиш ва қайта расмийлаштириш тўғрисидаги қарорлар Вазирлар Маҳкамасининг туризм фаолиятини лицензиялаш комиссияси томонидан қабул қилинади.

«Ўзбектуризм» миллий компанияси Комиссиянинг ишчи органи  функсиясини бажаради

Ишчи органга фаолиятнинг лицензияланадиган турини амалга оширишга лицензия бериш тўғрисидаги ариза билан мурожаат қилган юридик ёки жисмоний шахс лицензия талабгори бўлиши мумкин. Жисмоний шахсга лицензия фақат экскурсия хизматлари кўрсатиш ҳуқуқи учун берилади.

Лицензия бериш ёки лицензия беришни рад этиш тўғрисида қарор ариза ва барча зарур ҳужжатлар олинган кундан бошлаб  ўттиз кундан ортиқ бўлмаган муддатда қабул қилинади.

Ишчи орган ўн беш кундан ортиқ бўлмаган муддатда ҳужжатларни кўриб чиқади, улар бўйича эксперт хулосаси тайёрлайди ва лицензия талабгорига лицензия бериш ёки лицензия беришни рад этиш тўғрисидаги таклифни тегишли қарор протоколи лойиҳаси билан тасдиқлаш учун Комиссияга киритади.

Комиссия ишчи орган таклифи олингандан кейин ўн беш кундан ортиқ бўлмаган муддатда уни кўриб чиқади ҳамда қабул қилинган қарор тўғрисидаги протоколни тасдиқлайди. Комиссия томонидан қабул қилинган қарор протоколи Комиссия раиси (унинг ўринбосари) томонидан имзоланади.

Туризм фаолияти туризм хизматларининг қуйидаги турларини кўрсатиш йўли билан амалга оширилади:

меҳмонхона хизматлари - жойлаштириш воситаларида (меҳмонхона хўжаликлари, туризм комплекслари, туризм базалари, дам олиш зоналари, пансионатлар, кемпинглар, мотеллар, ўтовлар, миллий меҳмон кутиладиган уйлар ва туристлар камида бир кечага тунайдиган бошқа объектлар) истеъмолчиларнинг (ижарада турувчиларнинг) вақтинча яшаши ва овқатланишини таъминлаш билан боғлиқ хизматлар;

туроператорлик хизматлари - туризм хизматлари кўрсатиш шартномаси шартларига мувофиқ туризм хизматлари комплекси ёхуд уларнинг бир қисми билан таъминланган аниқ муддатларга муайян йўналиш бўйича саёҳат қилишни ташкил этиш хизматлари (брон қилиш, жойлаштириш, ташиш, овқатланиш, рекреция, экскурсия ва бошқа хизматлар);

экскурсия хизматлари - сайёҳларнинг маънавий, интеллектуал, ишбилармонлик ва бошқа эҳтиёжларини қондиришга қодир бўлган объектлар билан танишиш мақсадида олдиндан тузилган йўналишлар бўйича гид (экскурсовод) ҳамроҳлигида экскурсияларни ташкил этиш хизматлари.

Юридик шахсларга уларнинг аризаси бўйича лицензия:

- туризм хизматларининг бир ёки бир нечта турини амалга оширишга;

- Ўзбекистон Республикаси фуқаролари, шунингдек Ўзбекистон Республикаси ҳудудида доимий яшайдиган фуқаролиги бўлмаган шахслар учун Ўзбекистон Республикаси доирасида туроператорлик хизматлари кўрсатишга (кейинги ўринларда ички туризм деб аталади) берилади.

Туроператорлик хизматларини амалга ошириш ҳуқуқига лицензия экскурсия хизматлари кўрсатиш ҳуқуқини ҳам беради.

Лицезиянинг амал қилиш муддати

Туризм фаолиятини амалга оширишга лицензия амал қилиш муддати чекланмасдан берилади.

Лицензия олиш учун лицензия талабгори лицензияловчи органга қуйидаги ҳужжатларни тақдим этади:

а) қуйидагилар кўрсатилган ҳолда лицензия бериш тўғрисида ариза:

- юридик шахслар учун - номи ва ташкилий-ҳуқуқий шакли, жойлашган жойи (почта манзили), банк муассасасининг номи ва банк муассасасидаги ҳисоб-китоб рақами;

- жисмоний шахслар учун - фамилияси, исми, отасининг исми, фуқаронинг шахсини тасдиқлайдиган ҳужжатдаги маълумотлар;

- юридик ёки жисмоний шахс амалга оширишни мўлжаллаётган фаолиятнинг лицензияланаётган тури;

б) юридик шахслар учун - юридик шахснинг давлат рўйхатидан ўтказилганлиги тўғрисидаги гувоҳноманинг нусхаси; жисмоний шахслар учун - якка тартибдаги тадбиркорнинг давлат рўйхатидан ўтказилганлиги тўғрисидаги гувоҳноманинг нусхаси;

в) лицензия талабгори томонидан лицензия талабгорининг аризаси кўриб чиқилганлиги учун йиғим тўланганлигини тасдиқловчи тўлов ҳужжатининг нусхаси;

д) шакллантирилган устав фонди миқдори тўғрисида далолат берувчи ҳужжатнинг нусхаси;

е) белгиланган тартибда ишчи орган ёхуд бундай ваколат берилган идоравий мансуб ташкилот томонидан белгиланган тартибда берилган юридик шахсларнинг ходимлари ва гидлар (экскурсоводлар)нинг малака сертификатлари нусхалари;

ж) фамилияси, исми ва отасининг исми, туғилган йили, паспортига оид маълумотлар, уй манзили, маълумоти, телефонлар рақамлари кўрсатилган ҳолда раҳбар (гид) (экскурсовод)) тўғрисидаги маълумотлар.

Гидлар (экскурсоводлар)га «г» ва «д» кичик бандлар талаблари ҳам татбиқ этилмайди.

Лицензияловчи орган лицензия бериш учун бошқа ваколатли органларда мавжуд бўлган зарур ҳужжатлар ва ахборотларни белгиланган тартибда ўзаро ахборот ҳамкорлиги йўли билан, шу жумладан электрон тарзда мустақил равишда олади, ушбу Низомнинг 8-бандида назарда тутилган ҳужжатлар ва ахборотлар бундан мустасно.

Лицензия талабгоридан мазкур Низомда назарда тутилмаган ҳужжатларнинг тақдим этилишини талаб қилишга йўл қўйилмайди.

Ўужжатлар лицензия талабгори томонидан ишчи органга бевосита ёхуд олинганлиги тўғрисидаги билдиришнома билан почта ёки электрон алоқа воситаси орқали етказиб берилади.

Ўужжатлар ишчи орган масъул ходими томонидан рўйхат бўйича қабул қилинади, рўйхатнинг нусхаси ҳужжатлар қабул қилиб олинган сана тўғрисида белги қўйилган ҳолда ариза берувчига юборилади (топширилади).

Нотўғри ёки бузилган маълумотлар тақдим этилганлиги учун лицензия талабгори қонун ҳужжатларига мувофиқ жавоб беради.

Аризани кўриб чиқиш ва лицензия бериш ёки лицензия беришни рад этиш тўғрисида қарор қабул қилиш

Ариза кўриб чиқилганлиги учун лицензия талабгоридан қонун ҳужжатларида белгиланган энг кам ойлик иш ҳақининг 2,5 баравари миқдорида йиғим ундирилади, йиғим ишчи орган ҳисоб рақамига ўтказилади.

Лицензия талабгори берилган аризадан воз кечган тақдирда тўланган йиғим қайтарилмайди.

Лицензия бериш ёки лицензия беришни рад этиш тўғрисида қарор ариза ва барча зарур ҳужжатлар олинган кундан бошлаб ўттиз кундан ортиқ бўлмаган муддатда қабул қилинади.

Ишчи орган ўн беш кундан ортиқ бўлмаган муддатда ҳужжатларни кўриб чиқади, улар бўйича эксперт хулосаси тайёрлайди ва лицензия талабгорига лицензия бериш ёки лицензия беришни рад этиш тўғрисидаги таклифни тегишли қарор протоколи лойиҳаси билан тасдиқлаш учун Комиссияга киритади.

Комиссия ишчи орган таклифи олингандан кейин ўн беш кундан ортиқ бўлмаган муддатда уни кўриб чиқади ҳамда қабул қилинган қарор тўғрисидаги протоколни тасдиқлайди. Комиссия томонидан қабул қилинган қарор протоколи Комиссия раиси (унинг ўринбосари) томонидан имзоланади.

Ишчи орган тегишли қарор қабул қилингандан кейин уч кун муддатда лицензия талабгорини қабул қилинган қарор тўғрисида хабардор қилади.

Туризм фаолиятини амалга ошириш ҳуқуқига лицензия берилганлиги учун қонун ҳужжатларида белгиланган энг кам ойлик иш ҳақининг ўн баравари миқдорида давлат божи ундирилади.

Давлат божи суммаси республика бюджетига ўтказилади.

Агар лицензия олувчи уч кун мобайнида ишчи идорага давлат божлари ёки имзоланган келишувларни ва шунга ўхшаш ҳужжатларни тақдим этмаса, Комиссия лицензияни бекор қилиш ҳуқуқига эгадир.

Ишчи орган туризм фаолияти лицензиялари реестрини юритади, унда қуйидагилар кўрсатилади:

а) лицензиатлар тўғрисидаги асосий маълумотлар:

юридик шахслар учун - ташкилотнинг номи ва солиқ тўловчининг идентификация рақами, мулкчилик шакли, филиаллар тўғрисидаги маълумотлар, ташкилот раҳбарининг фамилияси, исми, отасининг исми;

жисмоний шахслар учун - лицензиатнинг фамилияси, исми, отасининг исми, паспортига оид маълумотлар, уй манзили, телефон;

б) лицензия берилган сана ва унинг рақами;

в) лицензия бланкасининг серияси ва рақами;

г) лицензиянинг амал қилиш муддати;

д) туризм хизматларининг тури (тоифаси);

е) фаолиятнинг лицензияланадиган тури амалга ошириладиган манзил, иш телефони, факс, электрон почта манзили;

ж) лицензияни қайта расмийлаштириш, амал қилишини тўхтатиб туриш ва тиклашнинг асоси ва санаси;

з) лицензиянинг амал қилишини тўхтатиш ёки бекор қилишнинг асоси ва санаси;

и) дубликат беришнинг асоси ва санаси.

Лицензияларнинг реестрларида мавжуд бўлган маълумотлар лицензияловчи органнинг веб-сайтига жойлаштирилади ва танишиб чиқиш учун очиқ бўлади. Реестрни юклаб олиш

 

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

welcomeuzbekistan eng