“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasining Respublika ilmiy-o‘quv konsalting markazi

 

 

Non scholae, sed vitae discimus.

Maktab uchun emas, hayot uchun ta'lim olamiz.

 

rnuktsO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni 2005 yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risidagi” 1999 yil  15 aprelidagi, “Turizmni rivojlantiish uchun malakali xodimlarni tayyorlash haqidagi” farmonlariga binoan  2000 yil 14 iyunda “O‘zbekturizm” AK qoshida Respublika Ilmiy-O‘quv Konsalting markazi tashkil etildi.

Markaz  tashkilotchisi “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi hisoblanadi.

Nomlanishi -“O‘zbekturizm” MK RIO‘KM (“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasining Respublika ilmiy-o‘quv konsalting  markazi)

Tashkilot vazifasi: turizm sohasi bo‘yicha malakali xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakalarini oshirish, turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy ishlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

“O‘zbekturizm” AK RIO‘KM maqsad va vazifalari

2004 yil 28 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekturizm” AK tomonidan RIO‘KMning asosiy maqsadlari aniqlandi. Ular qo‘yidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasida turizm sanoatini va turizm chora tadbirlarini o‘tkazishga va sohani rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • Turizm sohasi uchun malakali xodimlarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakalarini oshirish;
  • Yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlarni respublikamizning tarixiy yodgorliklari, madaniyati, jamoatchilik va siyosiy hayoti to‘g‘risida ishonchli ma'lumotlar bilan ta'minlash.

“O‘zbekturizm” RIO‘KM ning asosiy vazifalari

  • “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasining tuzilmaviy bo‘linmalarida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga konsultatsiya berish va ularni attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil qilish;
  • Turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, gid-ekskursovodlar, turizm korxonalari rahbarlari uchun har yil seminar-treninglar o‘tkazish;
  • Belgilangan tartibda o‘z turistik firmalarini ochmoqchi bo‘lgan korxonalarga sohaviy konsultatsiya berish;
  • Turizm bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarni zamonaviy o‘quv uslublari va darsliklari bilan o‘qtishni ta'minlovchi materiallarni ishlab chiqish;
  • Milliy an'analar va urf odatlar, yangi turistik ob'yektlar bo‘yicha tavsiyanomalar va ishlanmalar tashkillashtirish;
  • Gid-ekskursovodlarning “Portfeli” uchun broshyuralar, bukletlar, zaruriy metodik adabiyotlar, ekskursion matnlar  shlab chiqish
  • Yirik turistik kompaniyalar, mehmonxonalar, restoranlar, xorijiy hamkorlar va investorlar bilan birga amaliy seminarlar tashkil qilish;
  • Respublika tarixiy-madaniy salohiyatidan maksimal foydalangan holda mashrutlar va ekskursiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
  • Respublika ekskursovodlari va gid-tarjimonlari bankini shakllantirish va uni muntazam yangilab turish;
  • Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish bo‘yicha dasturlar va ishlanmalarni yaratish va amalga tatbiq etish;
  • Xalqaro turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan fikr almashish va ma'lumot olish.

Tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish

“O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi qo‘yidagilar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi:

  • Gid (ekskursovod);
  • Turoperator;
  • Mehmonxona administratori.

Malaka oshirish va qayta tayyorlash qo‘yidagi toifalarda amalga oshiriladi:

  • “O‘zbekturizm” AK tizimidagi barcha bo‘linmalar rahbarlari;
  • Turizm sohasida, mehmonxona, restoranda faoliyat ko‘rsatuvchi rahbarlar;
  • gidlar (ekskursovlar);
  • Turizm sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi bosh hisobchilar, iqtisodchilar;
  • Avtotransport muassasalari rahbarlari va xodimlari;
  • Temir yo‘l transporti bo‘yicha faoliyat yurituvchi  ishchi xodimlari.

Ta'lim shakli:

  • Leksiya;
  • Seminarlar;
  • Treninglar;
  • Ob'yektlarda amaliy mashg‘ulotlarni olib borish.

10 yil mobaynida Markaz qo‘yidagilarni tayyorladi:

  • 1.900 gid xizmatini ko‘rsatuvchilar;
  • 800 dan ortiq turoperatorlar, mehmonxona xo‘jaligi xodimlari;
  • “O‘zbekturizm” AK tizimidagi turistik firmalar va mehmonxonalar uchun 400 ta seminar-treninglar o‘tkazildi;
  • O‘zbekiston Respublikasi ichki turizmini tashkillashtirish bo‘yicha 2 ta ilmiy-amaliy konferensiya;
  • Turoperatorlik va mehmonxona faoliyati bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqarildi;
  • Buyuk Ipak yo‘li shaharlarining qadimiy yodgorliklari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqildi;
  • Gid-tarjimonlar va turoperatorlar kurslarida ta'lim olayotganlarni o‘quv materiallari, elektron qo‘llanmalar bilan ta'minlash

O‘quv rejalari va dasturlari

Professional bilimlarga, zamonaviy standartlari bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lgan mehnat bozori talablariga muvofiq keluvchi mutaxassislarni kompleks tayyorlashga qaratilgan o‘quv rejalari va dasturlari.

Dasturlarda tinglovchilar uchun nazariy bilimlar bilan birga amaliy mashg‘ulotlar ham olib boriladi.

Markaz ta'limining  yillik ko‘lami 6 o‘quv soatida 36 soatgacha olib boriladi. Ta'lim –seminarlar, leksiyalar, treninglar ko‘rinishida bo‘ladi.

 Interfaol uslublardan keng keng foydalanib: vaziyatni modellash, o‘yinlari, muhokamalar  uslubi targ‘ib etiladi

Pedagogik tarkib

Markazda malakali o‘qtivchilar faoliyat ko‘rsatib, ularda ko‘pchiligi O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy Akademiyasining a'zolari bo‘lib, ilmiy daraja va salohiyatga ega hisoblanadilar.

Markazda ta'lim berish uchun boshqa vazirlik va idoralardan turizm sohasida yuksak tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis va xodimlar ham jalb qilinadi.

Ta'minot

RIO‘KM ning barcha o‘quv auditoriyalari va xonalari, eshitish kabinetlari texnik asbob-uskunalar bilan ta'minlangan. Markaz yonida tashkil qilingan Axborot markazida turizm sohasiga oid adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar mavjud.

Rahbariyat

Direktor - Golisheva Yelena Vyacheslavovna

Markaz hamkorlari

IIZ DVV International, «O‘zbekiston xavo yullari»MAK, «Uzjeldorpass» OAO.

Manzil:

100077, O‘zbekiston, Toshkent shahri,

Buyuk Ipak Yuli ko‘chasi, 115-a,

( «Sayoxat» mehmonxonasi yonida)

Aloqa ma'lumotlari:

tel.: 268-73-67, 267-73-71

faks: 268-00-25

Web: www.study-uzbektourism.uz

E-mail: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

welcomeuzbekistan eng