“Buyuk Ipak yo‘li” reklama agentligi DUK

 

 “Buyuk ipak yo‘li” Reklama agentligi “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi Boshqaruvining №6 Qarori bilan 2004 yili 27 fevralda tashkil etildi.

“Buyuk ipak yo‘li” Reklama agentligi 2012 yilning dekabridan  o‘z tashkiliy-huquqiy o‘rnini o‘zgartirdi va  “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasining  “ Buyuk Ipak yo‘li” Davlat unitar Korxonasi Reklama agentligi nomi bilan atala boshladi. Barcha xizmatlar va aloqa ma'lumotlari oldingidek saqlangan.

Mamlakatimizda «Buyuk Ipak yo‘li» reklama agentligining har yili amalga oshiriladgan loyihalaridan “Chegarasiz hordiq”, O‘XTK (O‘zbekiston Xalqaro Turizm Ko‘rgazmasi) bo‘lib,  har bahor va qish fasllarida  YUNVTOning rasmiy ko‘magida o‘tkaziladi.  Ko‘rgazma dorasida  turli xil ish dasturlari (prezentatsiya, press-konferensiya, doira stollari) o‘tkazilib, ishtirok etgan kompaniyalarga sertifikat va diplom beriladi.

Ushbu loyihalarda ishtirok etgan xorijiy kompaniyalarga har xil chigirmalar berilib, o‘z namoyishlarini o‘tkazishlari uchun ko‘mak ko‘rsatiladi.

“Buyuk Ipak yo‘li” reklama agentligi “O‘zbekiston” yagona  Milliy stendi va xalqaro turistik ko‘rgazmalarda o‘tkaziladigan mahalliy turistik kompaniyalar vakillarining ishtirokini tashkillashtirish vazifasini ham bajaradi.

Har bir turizm ko‘rgazmada tashkillashtiriluvchi stendlarni har birida o‘ziga xos dizayn bo‘lib, ularni yaratish kompaniyalar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Shuningdek Reklama agentligi o‘tkaziladigan tadbirlar doirasida mehmonxonalarni band qilish, delegatsiyalar uchun avia chiptalarni oldindan band qilish, viza ko‘magini ko‘rsatish va umuman ko‘rgazmalar doirasida mehmonlar va mezbonlar uchun qo‘lay sharoitlar yaratishni o‘z zimmasiga olgan.

Shuningdek “Buyuk Ipak Yo‘li” reklama agentligi brifinglar, konferensiyalar, press-konferensiyalar, kongress-turlar, seminarlar, reklama kampaniyalari , prezentatsiyalar o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

Taqdim etiluvchi xizmatlar:

• Viza ko‘magi ( xorijiy fuqarolar uchun)

• Preyskurant chеgirmalari bo‘yicha mehmonxonalarni band qilish

• Aeroportda ko‘rgazma doirasida tashrif buyuruvchi mehmonlarni kutib olish va ularni kuzatish (xorijiy fuqarolar uchun)

• Transfer taklif qilish

• Buyurtmachilarning istaklarini hisobga olib tadbirlar konsepsiyasini ishlab chiqish

• Dizayn ishlab chiqish ( tadbir taklifnomalari, bannerlari, beydjikalari, logotiplari, sloganlari)

• Tadbir dasturlari va press-relizlar

• OAVdagi Reklama kampaniyalariga taklifnomalar tarqatish

• Konferensiya zallarini tanlash va tayyorlash

• Kongress tadbirlarini texnik ta'minoti

• Ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil qilish

• Tadbir o‘tkaziladigan joylarni bezash

• Tarjimonlar bilan ta'minlash

• Ekskursiya tadbirlarni tashkil qilish

Rahbariyat:

“Buyuk Ipak yo‘li” reklama agentligi DUK direktori - Abdullayeva Farangiz Abdullayevna 

Manzil: 

100077, O‘zbekiston, Toshkent shahri, 

Istiqlol ko'chasi 47 

Aloqa ma'lumotlari: 

Tel.: (+99871) 233-11-68, 233-33-69 

Faks: 268-00-25 

Web: www.tourfair.uz 

E-mail: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

welcomeuzbekistan eng