Turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlashda Turkiya tajribasi

new logo rnukc     logo tika

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi “Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash respublika markazi” hamda Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) o‘zaro hamkorlikda o‘tkazgan o‘quv-treininglar o‘z nihoyasiga yetdi.

tika 2017 1

Joriy yilning 30 aprel kuni o‘quv-treininglarning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yopilish marosimida TIKAning direktori Suleyman Kiziltoprak o‘z nutqida bu kabi samarali loyihalarning tashkil etilishi nafaqat turizm sohasining rivojlanishiga, qolaversa mehmonxonalar xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga turtki bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

tika 2017 3

7 kun mobaynida o‘tkazilgan malaka oshirish kurslarida mehmonxona va restoran biznesi sohasi xodimlari nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Loyihada jami 140 ga yaqin ishtirokchilar qatnashdilar.

tika 2017 2

tika 2017 4 

tika 2017 5

Buxoro shahrida tashkil etilgan tantanali yopilish marosimida o‘quv seminari ishtirokchilariga mutaxassislik sertifikatlari taqdim etildi.

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

welcomeuzbekistan eng