НТВ telekanali ijodkorlari Mo‘ynoqda

logo ntv

Rossiyaning НТВ telekanali ijodiy guruhi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida oilaviy sayyohat haqida “Пора в отпуск” dasturini yangi qismini sur`atga olishmoqda.

Buxoro viloyatida rus oilasi milliy bozori, palov uchun masalliqlarni tanlash sirlari va ushbu ruslar orasida eng taniqli o‘zbek taomini tayyorlash jarayoni bilan tanishgan bo‘lsalar, Xiva shahrida mehmonlarni milliy o‘yinlarimizda ishtirok etish, xorazmcha raqslar mahorat darslariga qatnashish kutib turardi. Ko‘rsatuv ijodkorlari iltimosiga binoan esa o‘tmishga sayohat qilib, Xiva xoni saroyidagi sahnalar ham mahalliy aktyorlar tomonidan mohirona ijro etildi.

ntv muynak 2017 1

ntv muynak 2017 2 

ntv muynak 2017 4

Ijodkorlarni qiziqishini uyg’otgan keyingi manzil sayyohlar orasida «Kemalar qabristoni» nomi bilan tanilgan noyob eksponatlariga ega Mo‘ynoq tumani edi. Bu yerda oila a’zolari uchun tashkil etilgan jumboqni xal etish jarayoni tasvirga olingach, rossiyalik mehmonlar 140 km uzoqlikdagi Orol dengizi mavjlarida cho‘milish va sohilda tikilgan o‘tovlarda tunab qolishdi. Ushbu ko‘rsatuv mobaynida yuz bergan qiziq voqealarni to‘laligicha yaqin kunlarda НТВ telekanali orqali tomosha qilish mumkin.

ntv muynak 2017 3

ntv muynak 2017 5 

ntv muynak 2017 6

ntv muynak 2017 7

Ushbu teleko'rsatuv orqali Rossiyadagi tomoshabinlar mamlakatimizning boy va rang-barang turizm salohiyatini, turistik xizmatlarini tasavvur etish imkoniyatiga ega. Bu kvadratsiklar ustida uchish, avtomobillarda tog’li zonalarda safari uyushtirish, Orol dengizida suzish va yurta lagerlarida tunash, arqonda yurish va x.k.

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan