"НТВ" telekanali Xiva shahrida

logo ntv

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yurtimiz turizm imkoniyatlarini chet el telekanallari orqali yuritib borish va yurtimiz haqida ko‘proq xorijliklarga ma’lumot yetkazishga doir ijodiy hamkorlik ishlarini davom ettirmoqda. Bu safar, Rossiyaning yetakchi telekanali "НТВ" ijodiy guruhi yurtimizda sarguzasht va turizm mavzularida ko‘rsatuv tayyorlash iltimosi bilan Qo‘mitamizga murojaat qilgan edi. Kuni kecha ushbu gurux yurtimizga tashrif buyurib, avvalo Buxoro va Xorazm viloyatlarida tasvirga olish ishlarini olib borishdi. 

Kuni kecha Rossiyadan "НТВ" telekanalining “Пора в отпуск” ko‘rsatuvi ijodiy guruhi Buxoro viloyatidan so‘ng Xorazmga tashrif buyurdi.

ntv xiva 2017 1

“Пора в отпуск” ko‘rsatuvining galdagi qahramonlari yosh oila vakillari bo‘lib, Ularga kutilmagan sovg‘a sifatida O‘zbekistonga jumladan, Xiva shahriga sayyohat uyushtirilgan. Mehmonlar uchun “Ichan qal’a majmuasi bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Ko‘rsatuv operatorlari “Ichan qal’a” majmuasidagi “Juma masjidi”ning minorasiga chiqib u yerdan kun botishini suratga tushirishdi.

Rus operatorlari bunday noyob kadr uchun minorining yuzga yaqin baland zinasi orqali yuqoriga chiqish mashaqqatidan ham ortga chekinishmadi. 

ntv xiva 2017 2

ntv xiva 2017 3

Ertasi kuni ko‘rsatuv qahramonlari o‘zlari bilmagan holda Dorbozlar tomoshasiga borib qolishdi va bu yerdagi dorbozlar chiqishlariga, ularning murakkab xatti-harakatlariga guvoh bo‘lishdi hamda dorbozlar tomoshasining ishtirokchisiga aylanishdi. Ular ketma-ketlikda dorga chikib, tarang tortilgan arqon bo‘lylab o‘zlari o‘tib ko‘rishdi. Dordan tushganlaridan so‘ng o‘zlarining taassurotlarini nihoyatda katta hayrat va zavq bilan gapirib berishdi va ular uchun bu voqea batamom kutilmagan hodisa bo‘lganligini ta’kidlashdi.

ntv xiva 2017 4

Shundan so‘ng, ko‘rsatuv qahramonlariga balandda ochiq osmon ostida joylashgan “Mirzaboshi” restoranida kechki ovqat daturxoni tashkil qilindi. Ular Xorazmning gastronomik brendlariga aylangan “Tuxum barak”, “Shivit oshi”, “Xorazmcha kabob”, “Qovoqli shurva” va boshqa milliy bir-biridan mazali taomlarimizdan bahramand bo‘ldilar. 

Shu tariqa ular Xiva shahriga kelib unutilmas sarguzashtlarni boshdang kechirdilar. Ertasi kuni ertalab kursatuv ijodiy guruhi Xiva shahridan beqiyos xis-xayajonlar bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketishdi.

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan