O‘zbekiston Latviyaning «Люблю!» jurnalida

logo lublu

Latviyaning «Люблю haftalik jurnalining may sonida «Sayohat» rukni tolaligicha O‘zbekistonga bag’ishlandi. Nina Dojdevaning  «Nima uchun O‘zbekistonga borish kerak?» nomli maqolasida yurtimizga sayohat qilishning bir nechta sabablarini sanab o‘tadi.

lublu 1Xo’sh, yurtimizga nega tashrif buyurishni muallif qanday izohlagan? Bunga muallif quyidagicha sabablar keltiradi:

«Bir mamlakatga sayohat qilish orqali boy tarixiy va madaniy merosni ko‘z oldingizda gavdalantirish hamda dunyoga mashhur Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarning bir nechtasida bo‘lishni istasangiz, shu bilan birga, turli din vakillari uchun muqaddas sanalgan ziyoratgohlarni va yuzlab tarixiy obidalarini ziyorat qilish niyatida bo‘lsangiz, besh yulduzli mehmonxona yoki sahro qo‘ynida tikilgan o‘tovlarda qolib, ertaklardagidek sharqona bozorda istagan xaridni amalga oshirib,  va nihoyat, 14 xildagi palovdan ta’bingizdagisini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz unda O‘zbekistonga tashrif buyurish kerak».

  lublu uzbekistan 3   lublu uzbekistan 2

Bu tavsiyalar bilan birga Nina Dojdeva Registon maydoni afsonalari, Hoja Doniyor maqbarasi tarixi va Mirzo Ulug’bek astronomiya maktabi haqidagi Yevropa olimlari e’tiroflarini aytib o‘tadi.

«Люблю!» jurnalining yo‘nalishidan kelib chiqib, muallif o‘zbekcha palovni tayyorlash retseptini ham latviyalik uy bekalari bilan o‘rtoqlashadi.  

Latviyaning mashhur «Люблю!» oilaviy jurnali 19 yildan beri Riga shahrida nashr etiladi va Latviya bo‘ylab obunachilariga ega.

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan