O‘zbekiston – Markaziy Osiyo turizmi markazi

logo rotoboYaponiyaning «ROTOBO» jurnali fevral sonida «Turizmni rivojlantirishda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi UNESCO madaniy merosi ob’yektlarining o‘rni:  mintaqaning turizm markazi – O‘zbekiston misolida» nomli maqola chop etildi.  Maqola muallifi Mizuki Chuman Yaponiyaning Rossiya va MDH mamlakatlari bilan savdo uyushmasi yetakchi ilmiy tadqiqotchisi sanaladi.  

Ushbu maqolada so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarida turizmni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar shiddat bilan o‘tkazilayotgani hamda har bir mamlakat o‘ziga xorijlik sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha boshlagan tadbirlar tahlil qilinadi. 

O‘zbekiston  hukumati yangi saylangan prezident tashabbusi bilan, sohaga e’tibor va sayyohlar oqimini oshirish uchun viza talabini bosqichma-bosqich dunyoning rivojlangan 27 mamlakati,  shu jumladan, Yaponiya fuqarolari uchun bekor qilish rejasi tadqiqodchi tomonidan ijobiy baholangan. 

Markaziy Osiyo davlatlari qadim davrdan Yaponiya bilan Ipak Yo‘li bo‘ylab savdo va madaniy aloqalar olib borgan va hozirga kelib ham Yaponiya aholisi ushbu mintaqadagi tarixiy shaharlar va yodgorliklar haqida yaxshi ma’lumotga egalar.

Tadqiqodchi xulosasiga ko‘ra, Markaziy Osiyoda turizm sohasida yetakchi  mavqeini mustahkamlash uchun mamlakat UNESCO e’tirofidagi yodgorlik ob’yektlari ko‘pligi,  Ipak Yo‘li brendi orqali tanilgan shaharlari jozibasi,  zamonaviy transport infratuzilma imkoniyatlari beradigan ustunliklardan oqilona foydalanishi zarur. Xususan,  yapon sayyohlari uchun sayohatni rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirish,  mamlakatlar o‘rtasidagi charter parvozlarni tashkil etish,  sayyohlar ehtiyojidan kelib chiqib sayohat marshrutlarini tuzish Kunchiqar mamlakatdan turistlar oqimiga ijobiy ta’sir qiladi. 

Muallifning fikriga qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki,  O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va ikki mamlakat xususiy turfirmalari hamkorlikda 2017 yil mobaynida Yaponiyadan to‘g‘ridan- to‘g‘ri Samarqand shahri aeroportiga 10 charter parvozlarini amalga oshirishga kirishdi.  Aprel oyining o‘zida faqat shu 3 ta reys bilan 750 nafar yapon sayyohi yurtimizga tashrif buyurdi.   

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

welcomeuzbekistan eng