Taylandda O‘zbekiston haqida sayyohlar qo‘llanmasi

putevoditel uzb travel guide 3

O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatimizning xorijdagi tur salohiyatini yanada oshirish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi bilan yaqindan hamkorlik qilishdan davom etmoqda.

putevoditel uzb travel guide

Taylandlik tur operatorlar joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil qilingan “Dam olish dunyosi-2017” turistik ko‘rgazmasida o‘zbek tur operatorlari bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatdilar. Buning natijasida joriy yilning iyun oyida Taylandning yetakchi tur operatorlar va professional fotograflar guruhi "O'zbekiston havo yo'llari" MAK va "Dolores Travel" sayyohlik kompaniyasi ko'magida O'zbekistonga tanishtiruv safarini amalga oshirdi.

putevoditel uzb travel guide 2

Shu kunlarda esa ushbu  tur operatorlar tomonidan tay tilidagi  «Uzbekistan Travel Guide Online» jurnali nashrdan chiqdi. Mazkur jurnalda rangli fotosuratlar, mamlakatimizning tarixiy va arxitektura yodgorliklari, urf-odatlar, milliy taomlar va boshqalar haqida ma'lumot berilgan.

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan