Sayt test rejimida ishlamoqda Старая версия сайта
Buxoroda  «Nasriddin Afandi» festivali o‘tkaziladi

1 aprel – Butunjahon kulgi kunini nishonlash arafasida Buxoroning tarixiy yerlarida «Nasriddin Afandi» festivaliga start beriladi. 

Bayram qisqa yumoristik, satirik miniatyura va latifalarning mashhur qahramonlari, jumladan, Xo‘ja Nasriddinning kundalik ertaklari bilan bog‘liq bo‘lgan hazillar, mutoyibalar va rang-barang afsonalarga boy bo‘ladi.

  26.03.2019     69
Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali: nima, qachon, qayerda?

4-10 aprel kunlari Termizda oʻtkaziladigan yirik Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi.

Avval xabar berganimizdek, festival Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan jamoatchilikni oʻzbek baxshichilik sanʼatining noyob namunalari bilan keng tanishtirish, yoshlarni milliy folklyorga boʻlgan hurmat va qiziqishini orttirish, qardosh xalqlarning doʻstligini mustahkamlash, ijodiy aloqalar va madaniy hamkorlik doiralarni kengaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Tadbir vazirlik va idora, diplomatik korpus, xorijiy va mahalliy OAV vakillari, madaniyat va sanʼat sohasi mutaxassislari, oʻzbek va xorijiy sanʼatkorlar, xalq baxshilari va sharq madaniyatini qadrlovchi yurtimiz aholisi va chet ellik mehmonlar ishtirokida oʻtkaziladi.

  26.03.2019     43
Humo Arena Oʻzbekiston turizmini rivojlantirish yoʻlida xizmat qiladi

Humo Arena yopiq maydonda oʻtkaziluvchi har qanday sport turi boʻyicha musobaqa oʻtkazish uchun jahon talablariga toʻliq javob beradi.

Mazkur kompleksda madaniy tadbirlarni oʻtkazish ham koʻzda tutilgan - turli tantanalar, konsert dasturlari va h.k. Inshoot jahon yulduzlari reyderlariga 80-95 foizga toʻgʻri keladi, qolgan foizlar reyderlarning yildan yilga yangilanishi bilan bogʻliq.

Shu oʻrinda aytib o’tish joizki, Humo Arena koʻp tarmoqli muz saroyi Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusiga koʻra ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yirik inshoot barpo etish, shuningdek, Oʻzbekistonda sportning qishki va boshqa turlarini rivojlantirish hamda sportni va sogʻlom turmush tarzini ommaviylashtirish maqsadida bunyod etilgan.

  26.03.2019     13
“Race Across the World” shousi Oʻzbekistonda

Britaniyaning BBC Channel Two telekanali orqali mashhur “Race across the World” realiti-shousi efirga uzatilmoqda. Mazkur loyihada oddiy odamlardan iborat jamoalar Londondan Singapurga eng tez yetib borishi boʻyicha bellashadi.

Albatta, buning uchun jamoalarga oʻta cheklangan miqdorda mablagʻ beriladi, yaʼni London-Singapur yoʻnalishi boʻyicha aviachipta narxiga yetadigan pul bilan jamoalar samolyot, internet va telefon kabi aloqa vositalardan foydalanmagan holda oʻz maqsadlariga yetishi kerak boʻladi.

Joriy yilning 17 mart kuni mazkur loyihaning 3 qismi efirga uzatildi. Unda 4 ta jamoa Ozarbayjonning poytaxti Bokudan Toshkent tomon yoʻlga chiqishdi. Ishtirokchilar turli yoʻnalishlar, Kaspiy dengizi, bojxona postlari, Buyuk Ipak yoʻlining bepoyon choʻllari, baland togʻlari va qadimiy shaharlari boʻylab uzoq yoʻl bosib Oʻzbekistonning poytaxti Toshkent shahriga yetib kelishdi.

  26.03.2019     24
Ziyorat turizmiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 27 mart kuni soat 15.00da Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi rahbariyati ishtirokida “Ziyorat turizmini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtadi. Matbuot anjumanida mamlakatimizda ziyorat turizmi yoʻnalishini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida maʼlumot beriladi.

 

  26.03.2019     21