«IPAK YO’LI OFISI» UNITAR KORXONASI

  

unwto

«IPAK YO’LI OFISI» unitar korxonasi O’zbekiston Respublikasi hukumati va BMTning Xalqaro turizm tashkiloti (UNWTO) o’rtasidagi bitim asosida Samarqand shahrida tashkil etilgan. Ushbu ofis UNWTOning “Ipak yo’li bo’ylab turizm” texnik idorasi maqomiga ega.  Yuqoridagi bitim O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 21-oktabrdagi 491-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

Ofisning asosiy vazifasi ushbu mintaqada turizmni rivojlantirish, “Buyuk Ipak Yo’li” loyihasida 33 ishtirokchi mamlakat faoliyatini muvoffaqlashtirish, hamda hududning turizm salohiyati haqidagi ma’lumotlarni jahon turizm bozorida targ’ib etishdan iborat.

2013 yilning 30 sentyabr sanasida UNWTO Ijrochi direktori Zoltan Shomogi murojatini hisobga olib, Toshkentda ofisning filialini tashkil etilishi yo’li bilan “Ipak Yo’li Ofisi”ning ma’lum vazifalari poytaxtga ko’chirildi va to’laqonli ish yuritishga asos paydo bo’ldi.

Samarqand shahrida Ofis ”Registon Plaza” mehmonxonasi binosida joylashgan bo’lsa, Toshkent filiali O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi  binosida faoliyat olib bormoqda.

Ofis faoliyatini moliyalashtirish Hukumatimiz va UNWTO tashkiloti o’rtasidagi bitimga muvofiq hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi  qoshidagi turizmni rivojlantirish maxsus fondi hisobiga amalga oshiriladi.

Ushbu bitimga muvofiq, O’zbekiston hukumati tomonidan Ofis uchun quyidagilarni ta’minlab beradi: 

-  zarur ish joyi va sharoitini yaratish;

-  mehnat uchun to'lov, ijtimoiy ta’minot, direktor va xodimlar xizmat safari harajatlari kabi moliyaviy harajatlarni qoplaydi;

-  transport, shuningdek mutaxassislarning mamlakat bo’ylab xizmat safari bilan bog’liq harajatlari;

-  Ofisi faoliyatini yuritish uchun ketadigan telekommunikatsiya va kommunal xizmatlar va boshqa harajatlar.

2014 yil 3 oktaybr kuni Samarqand shahrida UNWTOning Ijroyi qo’mitasining 99-majlisi bo’lib o’tdi va majlis doirasida O’zbekiston Respublikasi hukumati va Butunjahon turizm tashkiloti o’rtasida bitim imzolanib, turizm sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, kadrlar tayyorlash va “Buyuk ipak yo’li” brendini yanada targ’ib qilish haqida kelishib olindi. Ushbu ikki tomonlama kelishuvga muvofiq, tomonlar O’zbekistondagi turizm bozori imkoniyatlari, tarixiy obidalar va madaniy an’analari haqida dunyo jamoatchiligini xabardor qilib turishlari zarur. Har ikki tomon ham mamlakatning o’ziga xos merosini tadqiq etish, dunyoga targ’ib qilish va Buyuk ipak yo’li bo’ylab yangi sayyohlik yo’nalishlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishga kelishildi.

UNWTO loyihalari doirasida O’zbekiston turizmi sohasini targ’ib qilish maqsadida hamda yurtimiz bo’ylab o’tadigan sayyohlik yo’nalishlarining raqobatbardoshligini oshirish uchun Ofis Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tuzilmasidagi boshqarmalar va "Milliy turizm mahsulotlarini tag’ibot qilish markazi" давлатунитаркорхонаси bilan hamkorlik qilmoqda.

Ofisning faoliyati va UNWTO tashkiloti bilan hamkorlikdan mo’ljallangan asosiy maqsad O‘zbekistonning turizm maxsulotlari infratuzilmasining yuqori darajada ekani (rivojlangan transport, mehmonxona, bank va telekommunikatsiya tizimining yo’lga qo’yilgani, asosiy sayyohlarni jalb qiluvchi obyektlarga eltuvchi yo’llarning ravonligi, tarixiy-madaniy merosimizni rekonstruksiya qilish va saqlab qolish, yangi turizm maxsulotlarini taklif qilish orqali mavjud sayyohlik yo’nalishlarini yanada takomillashtirish) haqida, turizm sohasini rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshirilgan o’zgarishlar haqida  xabar berish; ta’mirlangan va qayta tiklangan yangi sayyohlik obyektlarni Buyuk Ipak yo’lidagi sayyohlik yo’nalishlari tarkibiga kiritish; O’zbekistonni mintaqa turizmidagi yetakchi o’rnini targ’ib qilish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi.

Shularni hisobga olgan holda, Ofis respublikamiz mintaqalarida turizmni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish va tarixiy merosimizni saqlab qolish yuzasidan amalga oshirilishi kerak bo’lgan tadbirlar yuzasidan hukumat qabul qilgan qarorlar bo’yicha aniq va to’liq ma’lumotni UNWTO e’tiboriga havola qiladi.

Amalga oshirilgan ishlarga to’xtaladigan bo’lsak, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizmidagi boshqarmalari hamda UNWTO bilan hamkorlikda Ofis chet ellik sayyohlar o’rtasida so’rov o’tkazib, O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish bo’yicha batafsil material yig’ishga muvaffat bo’ldi. So’rov natijalari bo’yicha ma’lumotlarni chet ellik soha mutaxassislari va bo’lajak sayyohlar UNWTOning axborot manbalari orqali tanishishlari mumkin. So’rovdan ma’lum bo’lishicha, O‘zbekiston Buyuk Ipak yo’lidagi asosiy o’rinni egallashi, mamlakatimizga tashrif buyurish chet elliklarda katta qiziqish uyg’otayotgani va  tashrif buyurgan sayyohlar esa yaratilgan turizm infratuzilmasidan qoniqish xosil qilganlar.

Shu bilan birga, Ofis UNWTO rahbariyati va mutaxassislarini yurtimizdagi turli xalqaro tadbirlarga ishtirokini ta’minlab kelmoqda. Jumladan, har yili Toshkentda o’tkaziladigan xalqaro turizm ko’rgazmasi va “Hordiq olami” nomli xalqaro turizm ko’rgazmasi, tashkilot ko’magida tashkil etiladigan Buxorodagi “Ipak va Ziravor” nomli festival-konferensiya va seminarlarida UNWTO vakillari ishtirok etib, o’z taqdimotlarini namoyish etib kelmoqdalar. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Respublika markazida tinglovchilar uchun mahorat darslari (master-class) o’tkazib borilmoqda. Xususan, 2015 yilda bu kabi tadbirlar aprel, may va oktabr oylarida o’tkazilgan.

Ofisning faoliyatiga yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosini chet ellarda targ’ibotiga xizmat qilish maqsadida dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish ham kiradi. Misol uchun, Ofisning faol ishtirokida 2013 yildan beri Euronews telekanali bilan ko’rsatuvlar suratga olish yo’lga qo’yilgan. UNWTO bilan birgalikda esa Buyuk Ipak yo’li bo’ylab sayyohlikni tashviqoti uchun  Discovery va BBC Scotland telekanallari ko’magidan foydalanib kelinmoqda.

Ofis O‘zbekistonda tashkil etiladigan yillik tadbirlar taqvimi (kalendari)ni tuzishda ham ishtirok etib, bundan ko‘zda tutilgan maqsad esa turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlar va sayyohlar sayohatlarni tashkil qilishda qulaylik yaratishdir. Taqvimga kirgan tadbir, bayram va festivallarni UNWTO orqali jahonga tanitish va jahon turizm bozoriga olib chiqish ham ko’zda tutilgan.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi delegatsiyasining UNWTO tashabbusi bilan o’tadigan xalqaro tadbirlarga ishtirokiga hozirlaydi va tashkilot rahbariyati va mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etishga boshchilik qiladi.

UNWTO tashkilotining “Ipak Yo’li” loyihasi rahbari A.Peresolova ishlab chiqqan Ofis ishchi rejagasida belgilab qo’yilganidek, Ofis faoliyatining asosiy yo’nalishlariga quyidagilar kiradi:

- UNWTO “Ipak Yo’li” loyihasiga a’zo mamlakatlar turizm imkoniyatlarini yoritib boruvchi web-sahifani ishlab chiqish va uni davomli yuritib borish;

- tarixiy meros obyektlarining mintaqalar bo’yicha katalogini tayyorlash;

- UNWTO axborot manbalari orqali turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan hukumat dasturlari orqali O‘zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanish darajasi haqida ma’lumotlar berib borish.

- Buyuk Ipak yo’li brendini va O‘zbekistonning bu yo’nalishdagi yetakchi o’rnini keng jamoatchilikka targ’ibot va tashviqot qilish maqsadida jahonning yetakchi OAVlarini jalb qilish.

2017 yilning 20 yanvarida Ispaniyanign Madrid shahrida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi UNWTO bosh kotibi Taleb Rifai bilan uchrashdi. Ushbu muzokaralar mobaynida ikki taraf kelajakdagi hamkorlik rejasi yuzasidan hamda “Ipak Yo‘li” dasturini amalga oshirish haqida kelishib olindi. 

Kelajakda, turizm sohasini rivojlantirish bo’yicha UNWTO ning bosh qarorgohi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yangidan yangi loyihalarni amalga oshirish vazifasi Ofis zimmasiga ishonib topshirilishi mumkin.

 

Rahbariyat

«IPAK YO’LI OFISI» unitar korxonasi direktori

Xakimov  Alisher Sirojiddinovich

Manzil:

140100, O‘zbekiston, Samarqand shahri Shohruh ko'chasi 53

Toshkent filiali: 100047, O‘zbekiston, Toshkent shahri, Istiqlol ko'chasi 47

Aloqa ma'lumotlari:

Tel.: (+99871) 233-38-54

Faks: 236-79-48

E-mail: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

welcomeuzbekistan eng

Hozir saytda 206 mehmon mavjud Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar - 0