Andijonda yangi mehmonxona ochildi
20.12.2011
Foydalanishga topshirilgan “Afrosiyob” mehmonxonasi Andijon viloyatining turistik salohiyati bilan tanishishni xohlagan 40 nafar turistni joylashtira oladi.
Mehmonxonaning yevropacha uslubda bezatilgan 20 xonasi mehmonlarning qulay, shinam sharoitlarda yashashlari uchun barcha qulayliklarga ega. Turistlarning nimani afzal ko’rishlariga bog’liq holda mehmonxona 4 ta “lyuks”, 2 ta “apartament”, 6 ta “delyuks” nomerlari va sakkizta standart nomerni taklif eta oladi. Bundan tashqari, mehmonxonada 80 kishiga mo’ljallangan ziyofatlar zali mavjud.
Tadbirkor Muhammad Otaxonov tomonidan O’zsanoatqurilish bankining moliyaviy ko’magida barpo etilgan “Afrosiyob” mehmonxonasi 30 kishi uchun ish joyiga aylandi.
Yangi joylashtirish vositasining binosi O’zbekiston ko’chasi 8–uyda joylashgan.
Telefonlari: 141 01 01 yoki 296 01 01
|