“O’ztemiryo’lyo’lovchi” OAJ kompaniyasining turistik agentligi o’z ichiga sayyohlarni shinam turistik poyezdlari tashishni oladigan turpaketlarni takilf qilyapti
21.12.2011
Bu haqda “O’zbekiston temir yo’llari” davlat aksiyadorlik temir yo’l kompaniyasi (DATK) ning 2011 yildagi ish yakunlari bo’yicha matbuot anjumani davomida muxbirimizga “O’ztemiryo’lyo’lovchi” OAJ turizm, reklama va marketing tadqiqotlar agentligining boshlig’i Fozil Sharipov hikoya qildi.
Uning aytishicha, hozirgi vaqtda quyidagi shinamligi oshirilgan firma poyezdlarining harakati tashkil etilgan: “Registon” — Toshkent—Samarqand, “Sharq” — Toshkent—Buxoro va “Nasaf” — Toshkent—Qarshi yo’nalishi bo’yicha.
—Hozirgi vaqtda biz ilgari O’zbekiston hududidan o’tadigan Buyuk ipak yo’li yo’nalishlar bo’yicha maxsus poyezdlarning yangi yo’nalishlarini ishlab chiqish va eng yaqin vaqt ichida ishga tushirish bo’yicha faol ish olib boryapmiz, — deb ta’kidladi menejer Fozil Sharipov.
Hozirgi vaqtda “O’ztemiryo’lyo’lovchi” OAJning turizm, reklama va marketing tadqiqotlar agentligi, darvoqe u ushbu faoliyat turiga litsenziya olgan, O’zbekiston turistik bozoriga ikki yo’nalishni ilgari suryapti: “Poyezdda Buxoro — “Buyuk ipak yo’li durdonasi”ga deb nomlangan uch kunlik tur va “Registon” poyezdida qadimiy Samarqandga” deb nomlangan bir kunlik tur.
“O’ztemiryo’lyo’lovchi” OAJning ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda Toshkent—Samarqand yo’nalishi bo’yicha haftasiga ikki marta, shanba va yakshanba, yangi juda tezyurar “Afrosiyob” poyezdi ham qatnamoqda, bundan tashqari, ikkinchi tarkibini har kunlik yo’lovchi tashishlarni amalga oshirish rejalashtirilyapti.
Matbuot anjumanida ma’lum qilishlaricha, joriy yilning 11 oyi ichida yuk oboroti 22608 mln tonna—kilometrni tashkil qilgan, bu esa o’tgan yil darajasining 101,6 foizini tashkil qiladi, 59,9 mln tonna yuk jo’natilgan, bu esa o’tgan yildagidan 4,5 foiz ko’p, yo’lovchi oboroti 2761 mln yo’lovchini tashkil qilgan, bu esa o’tgan yilning tegishli davriga nisbatan 103,2 foiz demakdir.
Kompaniyaning o’z mablag’lari hamda O’zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi taqdim etgan kredit hisobiga ikkita juda tezyurar Talgo-250 (Ispaniya) yo’lovchi elektr poyezdini xarid qilinishi yilning chinakam voqeasiga aylandi. Birinchi poyezd joriy yilning 22 iyulida, ikkinchisi esa 9 dekabrida keltirildi.
“Afrosiyob” elektr poyezdi ikki lokomotiv va 9 ta shinam turistik vagondan iborat: ikkita VIP, ikkita — biznes toifali, 4 ta — tejamli toifa va 1 ta bistro vagoni. Poyezdning eng yuqori tezligi — soatiga 250 kilometr. Elektr poyezdning uzunligi — 157 metr, balandligi — 4 metr, yo’lda bo’lish vaqti — qariyb 2 soat. Salonlarning hammasi suyanchig’i orqaga tushiriladigan o’rindiqlar, videomonitorlar bilan jihozlangan, har bir o’rinda mutolaa uchun moslama bor, bu yerda imkoniyatlari cheklangan kishilar uchun ham barcha sharoitlar mavjud. Poyezdning barcha zonalari chekmaydiganlar uchun zona hisoblanadi.
Bundan tashqari, juda tezyurar “Afrosiyob” poyezdini qabul qilish va jo’natish uchun Toshkent va Samarqand bekatlaridagi yo’lovchilar platformalari rekonstruksiya qilindi, shuningdek harakatning xavfsizligini ta’minlash uchun juda tezyurar poyezdlar harakatlanishini butun yo’nalish bo’yicha, Toshkent—Samarqand temir yo’l liniyasi bo’ylab yig’ma temir—beton va metall konstruksiyalardan umumiy uzunligi 700 kilometrga yaqin bo’lgan to’siqlarni o’rnatish tugallandi.
“O’ztemiryo’lyo’lovchi” OAJ 2002 yil 28 iyunda O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasining “O’ztemiryo’ltrans” unitar korxonasining “O’zbekiston temir yo’llari” DATK tarkibida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish to’g’risida” 187k—PO buyrug’i bilan tashkil etilgan.
|