Turistlar metroda adashib qolmaydilar
04.01.2012
Toshkent metropoliteni stansiyalarining eshiklarida chet ellik turistlarga mo’ljallangan ingliz tilidagi ENTER va EXIT yozuvlari paydo bo’ldi.
Ushbu yozuvlarni uyushtirish — o’tgan kuzda qabul qilingan Toshkentda turistik rivojlantirish bo’yicha hukumat dasturiga muvofiq poytaxtning turistik infratuzilmasini rivojlantirishga doir dastlabki qadamlardan biridir.
Eslatib o’tamiz, dasturga binoan shahar bo’ylab ko’chalar nomi yozilgan ko’rsatkich taxtachalar, shuningdek barcha turistik ob’yektlarda peshlavhalar va axborot stendlarini o’rnatish ham rejalashtirilgan.
|