O’zbekiston UNWTO Ijroiya kengashiga saylanishi mamlakatimizning jahon turizmidagi obro’–e’tibori jiddiy ravishda oshganligidan guvohlik beradi
14.10.2011
Janubiy Koreyaning Kyonju shahrida BMT Jahon turistik tashkiloti (UNWTO)ning Bosh Assambleyasi o’z ishini yakunladi. O’zbekiston uchun muhim bo’lgan dastlabki natija qo’lga kiritildi: mamlakatimiz ilk marotaba muqobil saylovda UNWTOning Ijroiya kengashiga 2011–2015 yillar uchun saylandi.
Bu narsa nima uchun muhim? Jahon turistik tashkiloti turizmda o’ynaydigan roli BMT –xalqaro siyosatda, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti – sog’liqni saqlashda o’ynaydigan muhim roli bilan taqqoslash mumkin. Ijroiya kengashi – UNWTOning rahbar organi, modomiki mamlakatimiz unda qatnashar ekan, demak mamlakatimizning ovozi ko’p masalalarda hal qiluvchi bo’ladi.
Sayyoramizning har bir mintaqasida Ijroiya kengashda bir necha mamlakat o’z vakillariga ega. Yevropadan O’zbekiston bilan birga keyingi to’rt yilga Italiya va Fransiya – turizmning haqiqiy ziyoratgohlari saylangan. Ma’lum, Fransiya, masalan, dunyoda sayyohlar eng ko’p keladigan mamlakat hisoblanadi.
O’zbekistonning UNWTO Ijroiya kengashiga saylanishi dalili jahon turizmida mamlakatimizning obro’–e’tibori juda ham o’sganligi, shuningdek respublika hukumati turizm sohasini rivojlantirishga, Ipak yo’lidagi turizmni rivojlantirishda O’zbekistonning muhim roliga katta e’tibor berayotganligi yuqori baholayotganligi to’g’risida gapiradi. O’zbekistonning UNWTO Ijroiya kengashiga saylanishi mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirishga, avvalo iqtisodiy sohada o’tkazilayotgan islohotlarga yo’naltirilgan O’zbekiston ichki va tashqi siyosatining, respublika ega bo’lgan madaniy–tarixiy meros va ulkan turistik salohiyatni xalqaro darajada e’tirof etishning yorqin dalolatidir.
OtabekJalilov,
O’zbekiston turistik tashkilotlari
uyushmasining raisi
|