Valeriy Sanyuk: “O’zbekistonning qadimiy shaharlari, ularning noyob arxitekturasi ilmiy turizmni rivojlantirishga bebaho hissa qo’shishi mumkin”
26.01.2012
Madaniy obidalarga nisbatan O’zbekiston saqlab qolgan ehtiromi va hatto ularga bo’lgan sig’inish butun insoniyatda mavjud bo’lishi kerak. Turizm va mehmonparvarlik sohasida band bo’lgan kishilar insoniyat o’zini o’rab turgan tabiatni tushunib yetish to’g’risida chuqur bilimlarga muhtoj bo’lgan bir davrda O’zbekiston shu jihatdan olganda Yer yuzida saqlanib qolgan ajoyib joydir. Zero Bobil singari sivilizatsiyalarni biz bugunda faqat Berlin va London muzeylaridangina ko’ra olamiz. Bobildan uning hozirgi hududida qolgan izlarni endi topib ham bo’lmaydi. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. O’zbekiston esa dunyodagi ozgina davlatlar qatorida ajoyib o’zbek xalqi yaratgan xazinani saqlab qolish uchun hamma ishni qildi.
O’zbekiston hududida qadimiy zamonlardan beri fan va madaniyat rivojlana boshlagan. Xususan, buyuk olim va mutafakkir Mirzo Ulug’bek astronomiya maktabining yulduzlari G’arb va Sharq ilm—fanining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi, uning ilmiy asarlari Yevropaning barcha rasadxonalarida astronomiya bo’yicha qo’llanma bo’ldi. Shu dalilni ham tan olish lozimki, ayni Mirzo Ulug’bek o’rta asrlarda astronomik o’lchovlarni aniq bo’lishiga erishdi, bunga G’arbiy Yevropada hech kim erisha olmagan.
Amalda O’zbekiston qolgan dunyoning hammasi bilan ko’p narsani baham ko’ra oladi. Ushbu nuqtai nazardan shuni ham ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda asta—sekin ilmiy turizm paydo bo’lmoqda. Shu jihatdan olganda ham O’zbekistonning qadimiy shaharlari, ularning noyob arxitekturasi mazkur tarmoqni rivojlantirishga bebaho hissa qo’shishi mumkin.
Valeriy Sanyuk,
Rossiya Xalqlar do’stligi
universitetining professori
|