124 tashkilot 2011 yilda turistik faoliyat uchun litsenziya oldi
31.12.2011
Vazirlar Mahkamasining turistik faoliyatni litsenziyalash bo’yicha komissiyasi kengashi 13—son Bayonnomasiga binoan O’zbekiston bozorida turistik faoliyatni yangi 10 sub’yekti faoliyat yurita boshladi.
Yangi litsenziatlar orasida Andijon va Navoiy viloyatlari hamda Toshkent shahrida ro’yxatdan o’tkazilgan “Azia Center Dzyudo” MChJ, “Andijon” XK, “Omad Biznes Zarafshon” MChJ, “Plaza Lux” XK, “Torgovaya Firma Partiya” QF, mehmonxona faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo’ldilar. “Go Next Tour” MChJ, “Solo Consulting” MChJ, ”Excellent Asian Tour” MChJ, “Azaria Support” MChJ, “Vita Plyus Shifo” MChJ turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oshiradi.
Shuni ta’kidlash lozimki, O’zbekiston hukumatining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab—quvvatlashi iqtisodiyot mazkur sektorining salmoqli rivojlanishiga imkon berdi. Xususan turizm sohasidagina “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”da 124 turistik korxona tashkil etildi, bu esa o’tgan yilgi ko’rsatkichdan 33 tashkilot ko’pdir. Ularning 69 tasi turoperatorlik va turagentlik failoyatini amalga oshirishga yuritilgan, 55 tasi esa mehmonxona xizmatlarini taqdim etadi.
Respublikada jami 828 turistik korxona ro’yxatdan o’tkazilgan, ularning 510 tasi turkompaniyalar va 318 tasi joylashtirish vositalaridir.
|