O’zbekiston pazandalari 4,7 tonnalik palov tayyorlab record qo’yishni rejalashtiryaptilar
29.12.2011
O’zbekiston oshpazlari Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun bir vaqtning o’zida salmog’I eng ko’p — og’irligi 4 tonna 700 kilogramm bo’lgan palov tayyorlash niyatidalar, deb xabar qiladi “Mir” xalqaro teleradiokompaniyasi.
O’zbekiston oshpazlar uyushmasi matbuot kotibi Flora Faxruddinovaning aytishicha, buning uchun 1,5 tonnaga yaqin guruch, 1200 kilogramm go’sht, shuncha sabzi, 300 kilogrammdan ko’proq piyoz va 300 litr yog’ kerak bo’ladi. Palovning turiga bog’liq hamda unga mayiz, zirk, bargak, sarimsoq va boshqa qo’shimchalar qo’shiladi.
“Tez orada biz O’zbekiston mintaqalaridan bosh oshpazlarni taklif qilamiz. Bizda 12 taga yaqin qozon bo’ladi ”, — deb oydinlik kiritadi Faxruddinova. U jahon rekordini mamlakatning eng yaxshi pazandalari kelayotgan bahordayoq o’rnatishni rejalashtirganliklarini ham ma’lum qildi.
“O’z mahoratlarini ular o’zbekistonliklarning ushbu milliy taomi sha’niga o’tkaziladigan shouda ko’rsatadilar. Osh tayyorlash jarayonini, ehtimol respublikada taniqli palovpaz Abdusattor Samdov nazorat qilsa kerak”, — degan xulosaga keldi Hamdo’stlik telekanali.
http://www.regnum.ru
|