O’zbekiston turistik bozorida yangi 14 turistik tashkilot
02.12.2011
Respublikaning yana 14 korxonasi turistik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya oldi. Yangi sub’yektlar sifatida turistik bozorda yettita mehmonxona xo’jaligi hamda turagentlik va turoperatorlik faoliyatni amalga oshiruvchi yettita tashkilot faoliyat boshladi. Shu jumladan Toshkent shahrida yettita turistik tashkilot ro’yxatdan o’tkazildi, to’rttasi Samarqand, ikkitasi Farg’ona va bittasi Andijon viloyatlarida joylashgan.
Litsenziya olganlar ichida «Muborakxon», «Dinara Elegant», ООО «Regal Palace Samarkand», ООО «Etoile D'oyzoda», ООО «Makon Tour Servis» MChJlari; «Global Elektroniks Savdo» XK, «Hayot Kompleks», «Light Way Tour», «Ots-Tour Asia», «Radius Travel», «Data Tour», «Travel Ornament», «Diamond Exclusive Tour» MChJlari, «G'ani Raximov Ishonch» XK bor.
Mamlakat hukumati tomonidan 2011 yilni Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili deb e’lon qilinishi mazkur sohani rivojlantirishni asoslashga, qulay shart–sharoitlarni barpo etishga yo’naltirilgan tadbirlar, imtiyoz va preferensiyalarni ko’paytirishga, shuningdek ichki biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantiri uchun har tomonlama qo’llab–quvvatlashga imkon yaratdi.
Chunonchi, bugungi kunda O’zbekistonda turistlarga xizmat ko’rsatish bilan 786 turistik korxona shug’ullanyapti. Ular ichida 487 turoperatorlar, 299 mehmonxona xo’jaligi va boshqa joylashtirish vositalari bor.
|