Ozbekiston turistik bozorini 2 mehmonxona va 12 turistik kompaniya to’ldirdi
23.12.2011
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Turistik faoliyati litsenziyalash komissiyasi kengashining 12-son bayonnomasiga ko’ra O’zbekistonning 14 turistik tashkilotiga turistik faoliyatni amalga oshirishga litsenziyalar berildi.
“Red Ford” MChJ, “Chirchiq Kimyogar-Futbolchi” MChJ mehmonxona faoliyatini tashkil etish huquqini oldilar, qolgan korxonalarga, ular orasida “Fly Booking International “ MChJ, “Ideal Korea Tur” XK, “Voyage de Vie” MChJ, “Best Travel Plus” MChJ, “Grand Evrazia Group” MChJ, “Platinum Sun Rise” MChJ, “Integrum Grata” MChJ, “Ekosarbon” MChJ, “Medium Travel” MChJ, “Atlant Travel Service” MChJ, “Cat Avia Tour” MChJ, “Real VIP Travel” MChJ bor, turoperatorlik va turagentlik xizmatlarini ko’rsatish huquqi berildi.
Shu bilan birga, “Aznur Travel” MChJ, “Mamlakat Sayohat” MChJga ilgari berilgan litsenziyalarga transport xizmatlari ko’rsatish faoliyati kiritildi. Faoliyat yuritayotgan “Yes Tour Service” MChJ bundan buyon mehmonxona xizmatlari ham ko’rsata oladi.
|