«Milliy turistik mahsulotni targ'ib qilish» Davlat unitar korxonasi

 "MTMTQ" DUK

«Milliy turistik mahsulotni targ'ib qilish» Davlat unitar korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2016 yil 2 dekabrdagi, PQ-2666-sonli qarori bilan tashkil etilgan 

Mamlakatimizda «Milliy turistik mahsulotni targ'ib qilish» Davlat unitar korxonasi har yili amalga oshiriladgan loyihalaridan “Chegarasiz hordiq”, O‘XTK (O‘zbekiston Xalqaro Turizm Ko‘rgazmasi) bo‘lib,  har bahor va qish fasllarida  YUNVTOning rasmiy ko‘magida o‘tkaziladi.  Ko‘rgazma dorasida  turli xil ish dasturlari (prezentatsiya, press-konferensiya, doira stollari) o‘tkazilib, ishtirok etgan kompaniyalarga sertifikat va diplom beriladi.

Ushbu loyihalarda ishtirok etgan xorijiy kompaniyalarga har xil chigirmalar berilib, o‘z namoyishlarini o‘tkazishlari uchun ko‘mak ko‘rsatiladi. 

«Milliy turistik mahsulotni targ'ib qilish» Davlat unitar korxonasi “O‘zbekiston” yagona  Milliy stendi va xalqaro turistik ko‘rgazmalarda o‘tkaziladigan mahalliy turistik kompaniyalar vakillarining ishtirokini tashkillashtirish vazifasini ham bajaradi.

Har bir turizm ko‘rgazmada tashkillashtiriluvchi stendlarni har birida o‘ziga xos dizayn bo‘lib, ularni yaratish kompaniyalar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Shuningdek Reklama agentligi o‘tkaziladigan tadbirlar doirasida mehmonxonalarni band qilish, delegatsiyalar uchun avia chiptalarni oldindan band qilish, viza ko‘magini ko‘rsatish va umuman ko‘rgazmalar doirasida mehmonlar va mezbonlar uchun qo‘lay sharoitlar yaratishni o‘z zimmasiga olgan.

Shuningdek «Milliy turistik mahsulotni targ'ib qilish» Davlat unitar korxonasi brifinglar, konferensiyalar, press-konferensiyalar, kongress-turlar, seminarlar, reklama kampaniyalari , prezentatsiyalar o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

Taqdim etiluvchi xizmatlar:

• Viza ko‘magi ( xorijiy fuqarolar uchun)

• Preyskurant chеgirmalari bo‘yicha mehmonxonalarni band qilish

• Aeroportda ko‘rgazma doirasida tashrif buyuruvchi mehmonlarni kutib olish va ularni kuzatish (xorijiy fuqarolar uchun)

• Transfer taklif qilish

• Buyurtmachilarning istaklarini hisobga olib tadbirlar konsepsiyasini ishlab chiqish

• Dizayn ishlab chiqish ( tadbir taklifnomalari, bannerlari, beydjikalari, logotiplari, sloganlari)

• Tadbir dasturlari va press-relizlar

• OAVdagi Reklama kampaniyalariga taklifnomalar tarqatish

• Konferensiya zallarini tanlash va tayyorlash

• Kongress tadbirlarini texnik ta'minoti

• Ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil qilish

• Tadbir o‘tkaziladigan joylarni bezash

• Tarjimonlar bilan ta'minlash

• Ekskursiya tadbirlarni tashkil qilish

Rahbariyat:

«Milliy turistik mahsulotni targ'ib qilish» Davlat unitar korxonasi direktori

Rajabov Baxtiyor Barnoyevich

Manzil: 

100077, O‘zbekiston, Toshkent shahri, 

Istiqlol ko'chasi 47 

Aloqa ma'lumotlari: 

Tel.: (+99871) 233-11-68, 233-33-69 

Faks: 268-00-25 

Web: www.tourfair.uz 

E-mail: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

 "MTMTQ" DUK - ustavi (.pdf hajmi 5,8 mb)

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan