Barchani “Ipak va ziravorlar” festivaliga taklif etamiz

Silk and Spices

Joriy yilning 26-28 may kunlari Buxoroda XVI marotaba “Ipak va ziravorlar” festivali o’tkaziladi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Buxoro viloyati hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. “Ipak va ziravorlar”  an’anaviy festivali doirasida  ko‘plab  boshqa tadbirlarni ham o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Festivalga tashrif buyuradigan xorijiy mehmonlar  va yurtimizning turli go‘shalaridan kelgan ziravor mahsulotlari, ipak matolaridan milliy ruhdagi mahsulotlar namoyish etiladi hamda o‘zbek xalqining milliy hunarmandchiligi hisoblangan gilamdo‘zlik, zardo‘zlik, kulolchilik bo‘yicha mahorat darslari olib boriladi.

Shu bilan birga, xalq sayli shaklida tashkil etilayotgan madaniy tadbirlarda milliy xalq o‘yinlaridan – qo‘chqor urushtirish, xo‘rozlar jangi, dorbozlik va polvonlar tomoshalari ko‘rsatiladi.

“Palov sayli” da barcha viloyatlardan kelgan mahoratli oshpazlar o‘rtasida milliy taomlar tayyorlanib, musobaqalar o‘tkaziladi va festival mehmonlari tomonidan ta’tib ko’rilish, shaxsan baho berish imkoniyati ham mavjud.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va “Hunarmand” uyushmasi tomonidan yosh dizaynerlarning milliy matolarimizdan tayyorlangan liboslar moda ko‘rgazmasi ham tadbir dasturidan o‘rin olgan.

Shuningdek, folklor ansambllari chiqishlari, iqtidorli estrada yulduzlari ishtirokida gala konsert tadbirga yanada bayramona ruh bag’ishlashi kutilmoqda.

26-28 may kunlari Qo‘mitamiz hamyurtlarimizni, sayyohlik kompaniyalari va ularning mehmonlarini ushbu festivalda ishtirok etishga taklif etadi.

Matbuot  xizmati

 

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan