«Boysun bahori» festivali yakuniga yetdi

boysun 3

Surxondaryo viloyatida 13-14 may kunlari «Boysun bahori» folklor festivali bo`lib o`tdi.

boysun 2017 1

Tadbir  tashkilotchilari festival mehmonlarini va Boysun aholisini hayratga solish uchun poytaxtimiz va barcha viloyatlardan folklor guruhlari, xalq baxshilari, polvonlar va xalq o‘yinlarini namoyish qiladigan sportchilarni tadbirga jalb qilib, xalq qo‘shiq va raqslari jo‘rligida ko‘tarinki ruhda nishonlashga muvaffaq bo‘lishdi deyish mumkin.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yilning noyabr oyidagi saylovoldi kampaniyasi doirasida Surxondaryodagi saylovchilar bilan uchrashuvda ushbu festivalni qayta tiklash tashabbusini bildirgan edi. Buning natijasida Samarqanddagi  «Sharq taronalari», Buxorodagi  «Ipak va ziravorlar», Xorazmdagi «Raqs sehri» festivallari qatoriga yana bir rang-barang madaniy tadbir qo‘shildi.

boysun 2017 3

«Boysun bahori» festivaliga o‘n mingga yaqin tomoshabinni yam-yashil Boysun tabiati qo‘yniga jamladi. Folklor ansambllari ishtirokida viloyat bo‘ylab milliy o‘yinlar, qo‘chqor va xo‘roz janglari, folklor ansambllari chiqishlari va boshqa qiziqarli dasturlar namoyish qilindi.

boysun 2017 5

boysun 2017 4

Gala konsertda o‘zbek estrada yulduzlari tomonidan qo‘shiqlar kuylandi. Festival yakunida bayromona kayfiyat avjini ifoda etib, mushaklar otilishi bilan nihoyasiga yetdi.

boysun 2017 6

Festivalda ko‘plab chet eldan mehmonlar tashrif buyurib, Germaniya, Fransiyadan sayyohlar va Shvetsariya elchixonasi va UNESCO vakillarida yorqin taasurot qoldirdi.

boysun 2017 7

Bu qayta tiklangan hayrli va o‘ziga xos festival hamyurtlarimiz va chet ellik sayyohlarni endi har yili Surxon o‘lkasiga taklif etadi.

Yurtimizdagi navbatdagi ulkan an’anaviy madaniy tadbir – «Ipak va ziravorlar» festivali 26-28 may kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tadi.

Matbuot  xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

welcomeuzbekistan eng