Buxoro delegatsiyasi Malayziyada

 logo matta fair 2017

Avvalroq xabar berganimizdek,  O‘zbekiston va Malayziya davlatlari o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish,  yurtimizga Malayziyadan tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbariyati Malayziya Madaniyat va turizm vazirligi, xususiy sayyohlik kompaniyalari uyushmalari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazgan edi.

Kuni kecha Buxoro viloyati hokimining turizm ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Shaxriyorov boshchiligidagi turistik tashkilotlar va hunarmand-ustalardan iborat delegatsiyasi Kuala Lumpur shahriga tashrif buyurdi. B.Shaxriyorov Malayziyaning sayyohlik agentliklari va kompaniyalari assotsiyatsiyasi (MATTA) vitse-prezidenti M. Akil bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida olib borilgan muzokaralar natijasida Malayziya tarafidan 8-10-sentabr kunlari Kuala Lumpur shahrida bo‘ladigan ko‘rgazmaga Buxoro viloyatining turistik kompaniyalar va hunarmand-ustalardan iborat delegatsiyasini yuqori darajada kutib olish va ular uchun Janubi-sharqiy Osiyodagi etakchi sayyohlik ko‘rgazmalari qatoriga kirgan “MATTA FAIR-2017” Xalqaro turistik yarmarkasi 4 ta paviliondan birida maxsus stendda yurtimiz va Buxoro viloyati nomidan ishtirok etishmoqda. 

matta fair 2017 1

matta fair 2017 2

matta fair 2017 6

matta fair 2017 10

matta fair 2017 9

Buxoroning etakchi “Authentic Travel”, “Silk road Voyages”, “Classic tour”, “East line tour”, “Ark Travel” sayyohlik kompaniyalari viloyatning turizm stendida Malayziyaning etakchi sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalari va bevosita yurtimizga tashrif buyurishni istagan ko‘rgazma mehmonlari bilan uchrashib, mavjud turizm imkoniyatlari va infratuzilmasi,  yangi turistik yo‘nalishlar to‘g’risida ma’lumotlar bermoqdalar.  Shuningdek,  dunyoning yetakchi turistik tashkilotlari bilan birgalikda muzokaralar olib borib,  viloyat turizm va iqtisodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun kerakli shartnomalar imzolashga erishmoqdalar. 

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan