Buxoroda qovun festivali

qovun sayli

Buxoroning turistik, xususan gastronomik imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish, sayyohlar uchun dasturli tadbirlar sonini oshirish hamda poliz mahsulotlari yetishtirish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan fermerlar, dehqonlar va olimlarning faoliyatini rag’batlantirish maqsadida “Buxoroning tabarruk zamini saxovati” shiori ostida joriy yilning 2-3 – avgust kunlari “Qovun sayli” festivali o‘tkaziladi.

festival dyni 2017 2    festival dyni 2017 3

Tadbir ertalab soat 7 dan 22:00 gacha davom etadi, madaniy tadbirlar esa soat 9 dan boshlanadi. Qovun festivali 3-avgust soat 20:00 da yakunlanadi.

Festivalning asosiy maqsadlari:

- Buxoro viloyatida azaldan ekib kelinayotgan qovun navlarini qaytadan tiklash;

- viloyatning tuproq va iqlim sharoitiga mos keladigan yangi qovun navlarini yaratish;

- eksportbop qovun navlarini tanlash va urug’chilikni yo‘lga qo‘yish;

- ilg’or fan yutuqlarini dehqonchilik madaniyatiga kiritish va yangi texnologiyalarni joriy etish;

- viloyatning polizchilik bilan shug’ullanadigan  fermerlari va dehqonlari bilan boshqa viloyatlar va chet el dehqonlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish;

- festival doirasida Buxoro qovunlari bilan bir qatorda viloyatning turistik imkoniyatlarini, o‘zbek xalqining milliy urf-odatlarini, an’analarini keng targ‘ib qilish hisoblanadi.

“Buxoroning tabarruk zamini saxovati” shiori ostidagi “Qovun sayli” festivali ikki bosqichda – tumanlarda, so‘ngra viloyat darajasida o‘tkaziladi. Tuman hududida faoliyat ko‘rsatayotgan fermerlar, dehqonlar, korxonalar o‘rtasida o‘tkaziladigan festivalda kamida 3 nafar g‘oliblar aniqlanandi va ularga viloyat festivalida ishtirok etish huquqi berildi.

festival dyni 2017 1

Festival doirasida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g’oliblar aniqlanadi:

- “Eng fidoyi dehqon”;

- “Eng yosh dehqon”;

- “Eng ko’p shogirdlar tayyorlagan ustoz-dehqon”;

- “Eng ko‘p ish joyi tashkil etgan fermer, korxona”;

- “Eng yaxshi yangi qovun turlarini yaratgan fermer, korxona, dehqon”.

Buxoroning tabarruk zamin saxovati hisoblanmish qovun va poliz ekinlarini o‘zida mujassam etgan “Qovun sayli” festivaliga hamyurtlarimiz va xorijlik sayyohlarni taklif etamiz.

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan