Marg‘ilonda yana “Atlas bayrami”

atlas bayrami 2017 1

15-16 sentabr kunlari Farg’ona viloyatining Marg’ilon shahrida 3-marotaba o‘tkazilayotgan «Atlas bayrami» festivali tashkil etiladi.

atlas bayrami 2017

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bu kabi viloyatlarimizning boy madaniy merosi, an’analarini keng targ’ib va namoyish qiluvchi tadbirlar tashabbuskorlari va tashkilotchilarini doimo qo‘llab-quvvatlaydi hamda yurtimizning sayyohlik tashkilotlariga bu festivalda faol ishtirok etishga, chet ellik sayyohlarni taklif etishga chaqiradi.

“Atlas bayrami” festivalda xorijiy davlatlardan va O‘zbekiston Respublikasining viloyatlaridan hunarmandlar, folklor jamoalari, san’atkor va mutaxassislar qatnashadi. Festival YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, DVV International vakolatxonasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Madaniyat Vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa qator tashkilotlar tashabbusi bilan va ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Atlas bayrami dasturi 3 kun avval boshlanib, 12-14 sentabr kunlari Marg’ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazida yoshlar uchun atlas va adras matolar bezaklari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etiladi. 15 sentabrda «Atlas bayrami» 3-festivalining tantanali ochilish marosimi va "Markaziy Osiyo xalqlari an’anaviy matolari va barqaror rivojlanish” mavzusidagi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasida Marg‘ilon "Yoshlar hiyoboni”da rang-barang madaniy tadbirlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ommaviy tadbirlardan askiya va lapar ashula ijrochiligi, kurash musobaqasi, darbozlik, qo‘g‘irchoqbozlar va boshqalar o‘zlarining qiziq dasturlarini namoyish etadilar.

Shu kuni Marg‘ilon tarixi muzeyida O‘zbekiston hunarmandchilik ko‘rgazmasi va Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazida yosh dizaynerlar tomonidan tayyorlangan liboslar namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Festivalning ikkinchi kuni esa «Yodgorlik» fabrikasi «O‘zbekiston an’anaviy gilamchilik sanati» ko‘rgazmasining pacmiy ochilish marosimi boshlab bersa, "Yoshlar xiyoboni"da xalq sayli davom etib, devzira guruchida palov tayyorlash musobaqasi va darbozlik o‘yinlari namoyish qilinadi.

Shu kuni Marg‘ilon tarixi muzeyida “Markaziy Osiyo matolari” ko‘rgazmasi tashkil etiladi va festival yakunida gala-konsert tashkil etiladi. Festival kechki payt gala konsert bilan yakunlanadi.

 Festival doirasidagi tadbirlar dasturi

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan