Milliy stendimiz Yaponiyada

logo jata 2017

O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlatirish Davlat qo’mitasi tomonidan O’zbekistonga xorijiy sayyohlar oqimini oshirish uchun qator tadbirlar ko’rilmoqda. Xususan bizning deligatsiya shu yilning 21-24 sentabr kunlari Yaponiyada bo’lib o’tadigan “JATA tourism EXPO” yarmarkasidagi ishtirok etish masalasi ko’rib chiqilmoqda.

Yarmarka doirasida “Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida turizmning o’rni” mavzusidagi konferensiya bo’lib o’tadi. Bu konferensiyada sohani yanada rivojlantirish, xorijiy sayyohlarni qabul qilish, xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash va yangi ishchi o’rinlarini yaratishdagi yangi imkoniyatlar muhokama qilinadi.

Hamda davlatlarning turizm tashkilotlari rahbarlari, dunyoning yetakchi sayyohlik kompaniyalar va transport korxonalari, Yaponiyaning yetuk ommaviy axborot vositalari va marketing kompaniyalari bilan qator uchrashuvlar o’tkazilishi kutilmoqda.

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan