Surxon o‘lkasi barchani “Boysun bahori”ga taklif etadi

boysun 3

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016 yilning 17 noyabrida o‘zining saylovoldi dasturi doirasida Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda viloyatda yangi ish o‘rinlarini yaratish, import o‘rnini bosuvchi hududiy mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini ko‘paytirish kabi pirovardida aholi turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiladigan ko‘plab loyihalarni amalga oshirilishi haqida gapirib o‘tilgandi.

Prezidentimiz ana shu loyihalar qatorida yaxshi an’ana, xalqaro obro‘ga ega bo‘lishga ulgurgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini qaytadan tiklash kerakligi haqida taklif bildirgan edi. 

boysun 1

Ushbu tashabbus sabab bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 yanvardagi “Surxondaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi 28-son qarori hamda 27 apreldagi 73-sonli Bayoniga muvofiq joriy yilning 13-14 may kunlari Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida “Boysun bahori” folklor festivali o‘tkazilishi belgilandi va yil mobaynidagi turizm tadbirlari kalendari yana bir katta voqea bilan boyidi. 

Ta’kidlash joizki, UNESCO tashkiloti 2001 yilda ushbu mintaqaning boy madaniy va folklor merosi “Boysun madaniy muhiti” nomi ostida “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonalari” qatorida tan olingan va 2008 yildan boshlab Boysun UNESCOning Umumjaxon Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.

Bunday xalqaro miqyosdagi e’tibor va e’tirofdan kelib chiqib, 2002 yilda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini o‘tkazish boshlangandi. Festival doirasida xalq tarixi va madaniyatini o‘rganish, uning boy merosini saqlab qolishga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar tashkil etilgan edi. Ana shunday forum va konferensiyalarda tarixchi, arxeolog, etnograf, filolog va san’atshunos olimlar hamda hunarmandlar ishtirok etib, natijada, 50ga yaqin yodgorlik aniqlandi, san’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti UNESCO homiyligida olib borgan xalqaro ekspeditsiyada mahalliy aholi orasida tarqalgan yuzga yaqin ijrochilik san’ati namunalarini yozib olishga ham erishildi. Shunga qaramay, bunday ulkan amaliy ahamiyatga ega tadbir 2004 yilga kelib to‘xtab qolgan edi.

Yurtimizning boshqa viloyatlarida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan va minglab mahalliy va xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb qilayotgan Samarqandda “Sharq Taronalari”, Buxoroda “Ipak va Ziravorlar”, Xorazmda “Raqs sehri” festivallari, Marg‘ilon shahrida «Atlas bayrami», Toshkent shahrida bahorgi va kuzgi xalqaro turizm ko‘rgazmalari kabi tadbirlar qatoriga kirishi kutilayotgan ushbu folklor festivalini tashkil etish orqali O‘zbekistonning ma’naviy-madaniy an’analarini saqlash va asrash, ularni xalqimiz orasida va xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish imkoniyati yaratiladi. 

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan