Toshkentda Ayollar velomarafoni

logo marafon

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va Velosport federatsiyasi BMTning aholi reproduktif salomatligiga mas’ul UNFPA Fondi bilan hamkorlikda 13 may kuni Amir Temur hiyobonida Butun jahon oila kuni munosabati bilan bahorgi ayollar velomarafonini o‘tkazadi.

Velomarafon poytaxtimizning A.Qodiriy ko‘chasidan soat 10.00 da start oladi va umumiy 5 kilometr masofa davom etadi.

Ushbu tadbir 3 xil yosh toifasidagi ishtirokchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi – 18 dan 30 yoshgacha, 31 dan 45 yoshgacha va 45 yoshdan yuqori bo‘lganlar.

Ishtirokchilar orasida O‘zbekiston estrada yulduzlari, Olimpiyada o‘yinlari g’oliblari va xorijiy diplomatik korpus vakillari qatnashadi.

G’oliblarni taqdirlash marosimidan so‘ng, estrada yulduzlari va raqs guruhlari ishtirokida ko‘ngilochar musiqiy dastur bo'lib o‘tadi.

Velomarafonda ishtirok etish bepul.

Ishtirok etishni istaganlar 13 may kuni soat 7.00 dan 9.00 ga qadar ro‘yhatdan o‘tishlari zarur.

Ma’lumot uchun telefonlar: +99899 820-06-68, +99871 256-06-35.

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

welcomeuzbekistan eng