Xivada “Fashion show”

hiva moda 2017 4

Sayyohlik mavsumi boshlanishi bilan, Xivaga xususan, “Ichan qal’a”ga tashrif buyuruvchi sayyohlarning soni tobora ortib bormoqda.

 

hiva moda 2017 1

 hiva moda 2017 2

hiva moda 2017 3

hiva moda 2017 4

hiva moda 2017 6

Ularning sonini yanada oshirish va vaqtlarini yanada mazmunli o‘tkazishni ta’minlash maqsadida, “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasida liboslar dizayneri Iroda Xanova tomonidan “Fashion show” liboslar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazma joriy yilning 30 aprel kuni Olloqulixon madrasasida ilk marotaba o‘tkazildi. Ko‘rgazma quyidagi 3 ko‘rinishdan iborat:

1-ko‘rinish: 19-asrga oid Xorazm milliy liboslari namoyishi;

2-ko‘rinish: 20-asrga oid Xorazm milliy liboslari namoyishi;

3-ko‘rinish: Zamonaviy liboslar namoyishi.

Birinchi va ikkinchi ko‘rinishlarda dizaynerning milliy liboslarni namoyish qilishidan maqsadi, yaqin o‘tmishdagi liboslarimiz go‘zalligini sayyohlarga ko‘rsatish va Xorazm kiyinish madaniyatini ularga tanitishdan iboratdir. Bu ikkala ko‘rinishning har birida 6 tadan, jami 12 ta Xorazm milliy liboslari namoyish etiladi. Keyingi 3 ko‘rinishda dizayner Iroda Xanovaning o‘z shaxsiy kolleksiyasidan joy olgan, “Iroza” brendi ostida 24 ta zamonaviy liboslari namoyish etildi. Sayyohlar bu yerda milliy liboslarimizni tomosha qilish bilan birga milliy matolardan tanlab, liboslarga buyurtma berishlari va tayyor libosni olib ketishlari mumkin.

Liboslardan tashqari, bu yerda sayyohlar milliy taqinchoqlarimiz va yosh dizayner tomonidan yasalgan milliy uslubdagi bujiteriya mahsulotlarini ham tomosha qilishlari hamda xarid qilishlari mumkin.

Hozirda 20 daqiqa davom etadigan mazkur tadbir haftada 2 marotaba o‘tkazilmoqda. Dizaynerning aytishicha, mazkur liboslarga sayyohlarniing qiziqishi kundan kunga ortib borayotgani sabab namoyishlar vaqtini 20 daqiqadan 40 daqiqaga uzaytirishni va namoyish kunlarini ham ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

Ushbu ko‘rgazmada ishtirok etishni istagan Xiva mehmonlari quyidagi telefon raqamlariga bog‘lanishlari mumkin: +99891 989 88 80

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan