Xorazmda qovun sayli va Gullar bayrami

qovun sayli horezm 2017 9Xorazm qovunlarining dovrug‘i qadim zamonlardan yetti iqlimga yetgan. Uning tilni yorar shirasi, shifobaxshligi butun dunyoga ma’lum va mashxur. Xorazm viloyatida juda ko‘plab qovun navlari yetishtiriladi.

Ayniqsa, Xorazmda qovunchilik ramziga aylangan Gurvak navi o‘zining shirasi mazasi bilan boshqa qovun navlaridan ajralib turadi. Ushbu poliz mahsuloti inson salomatligi uchun juda foydalidir. Qovunning o‘zini, qoqini hamda murabbosini yuritmiz aholisi sevib tanovul qilishadi.

 qovun sayli horezm 2017 1

Ayniqsa, Xorazmda qovunchilik ramziga aylangan Gurvak navi o‘zining shirasi mazasi bilan boshqa qovun navlaridan ajralib turadi. Ushbu poliz mahsuloti inson salomatligi uchun juda foydalidir. Qovunning o‘zini, qoqini hamda murabbosini yuritmiz aholisi sevib tanovul qilishadi.

Ushbu Xorazmning shirin noz-ne’matini butun dunyo xalqlariga ulashish maqsadida, joriy yilning 5 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida “Amir Temur” istirohat bog‘ida “Gurvak – Xorazm qovunchiligni ramzi” savdo ko‘rgazmasi shuningdek, mazkur ko‘rgazmaga hamohang ravishda “Gullar bayrami” shodiyonasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

qovun sayli horezm 2017 3

qovun sayli horezm 2017 7

qovun sayli horezm 2017 11

qovun sayli horezm 2017 14

Dastur doirasida quyidagilarni o‘z ichiga olgan:

- tumanlar va viloyatimizning qo‘vun yetishtiruvchi dehqonlar o‘rtasida turli nominatsiyalar bo‘yicha musobaqalar;

- poliz maxsulotlari ko‘rgazmasi;

- gala konsert tomoshalari;

- hunarmandlar ko‘rgazmalari;

- qovun savdosi;

- bog‘bonlar o‘rtasida turli nominatsiyalar bo‘yicha gullar tanlovi.

qovun sayli horezm 2017 12

qovun sayli horezm 2017 8

Undan tashqari, boshqa turli tuman ko‘ngilochar dasturlar va tomoshalar bo‘lib o‘tadi. Barchani 5 avgust kuni viloyatimizga shirindan shakar qovunlarimizdan tatib qo‘rishga va viloyatimiz gullari jozibasidan bahramand bo‘lishga shuningdek, tantanali qovun sayli va gullar bayramida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan