Turizm bo‘yicha xalqaro videorolik musobaqasi

O‘zbekiston videoroligiga ovoz beramiz!

BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) a‘zo 156 mamlakatning turistik salohiyatini targ’ib qilish maqsadida eng yaxshi sayyohlik videoroligi nominatsiyasi bo‘yicha tanlov e’lon qilgan edi.

Iyul oyida yakuniga yetgan saralash natijasida «Tomoshabinlar tanlovi» nominatsiyasi yakuniy bosqichida ishtirok etish uchun UNWTO komissiya a‘zolari tomonidan O‘zbekistonning  gastronomik roligi  tanlab olindi .

Yakuniy bosqich esa joriy yilning 11 sentabrigacha davom etib, eng ko‘p ovoz to‘plagan mamlakat video roligi g’olib deb topiladi. Ushbu imkoniyatdan foydalanib, yurtimiz oshxonasiga bag’ishlangan video rolik uchun ovoz berishingizni so‘raymiz.

Buning uchun quyidagi sahifaga kirib, anketaga ismingiz, electron manzilingiz va ovoz berayotgan mamlakat nomini kiritasiz. Musobaqaga tanlab olingan barcha roliklar bilan tanishib chiqish uchun mazsus sahifaga otishingiz mumkin. Har bir ovoz ahamiyatga ega. Sizning va do‘stlaringizning faol ishtiroki O‘zbekiston sayyohlik brendini yanada tanilishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Tanlovning barcha nominatsiyalari g‘oliblari 11-16 sentabr kunlari Xitoyning Chendu shahrida bo‘lib o‘tadigan UNWTO Bosh Assambleyasining 2-sessiyasida  e’lon  qilinadi.  

Tanlov natijalari haqida Turizmni rivojlntirish davlat qo‘mitasi hamda UNWTO ning O‘zbekistondagi “Ipak Yo‘li ofisi” xabar qo‘shimcha xabar beradi. 

 

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan