Buxoroda muzey-mehmonxona

jondor mehmonxonasi 1

Turizm sanoatining jadal rivojlanishida, xorijiy va mahalliy sayyohlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishda mehmonxonalarning o‘rni beqiyos.

jondor mehmonxonasiBuxoro viloyati Jondor tumanida “Jondor” nomli muzey-mehmonxonasi qurilishi tugatilib, foydalanish uchun topshirildi. “Jondor” muzey-mehmonxonasining IV va IX asrlarga oid 857 ga yaqin davlat ro‘yxatidan o‘tgan muzey eksponatlar, jumladan, mis va kumush tangalar, qo‘lyozmalar, qadimiy kitoblar, sopoldan ishlangan qadimiy buyumlari bilan bezatilganligi viloyatdagi boshqa mehmonxonalardan ajralib turadi.

Mehmonxona 14 o‘ringa ega bolib, xonalarda sifatli va zamonaviy servis xizmati ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Mehmonxona rahbari “Jondor” muzey-mehmonxonasini tarixiy va arxeologik turizm ixlosmandlari uchun maqbul mehmonxona ekanligini ta’kidladi.

Xorijiy va mahalliy sayyohlarning sayohatini mazmunli o‘tkazish maqsadida mehmonxona ma’muriyati Qadimiy Varaxsha shaharchasi, Zarafshon daryosi bo‘ylab sayohat, ekoturizm, cho‘lda yulduzli osmon ostidagi manzaradan bahramand bo‘lish uchun kechalar tashkil qilishadi. Bundan tashqari, mehmonxonada o‘zbek milliy-etnografik marosimlaridan tanishish imkoniyati mavjud.

muzey buhara

jondor muzey

Yurtdoshlarimiz yoki o‘z mijozlarini hayratda qoldirishni istagan sayyohlik kompaniyalari ushbu yangilikdan bahramand bo‘lishni istagan taqdirda, quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng’iroq qilishingiz mumkin:

Tel.: (+998 94) 124-95-55, (065) 582-24-97

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

welcomeuzbekistan eng