“O‘zbekKino”dan yangi turmahsulot

lenta uzbekkino

“O‘zbekkino” Milliy agentligi Madaniyat vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Samarqand shahriga tashrif buyuruvchi yurtimiz fuqarolari hamda chet ellik sayyohlar uchun mamlakatimizning boy madaniy me’rosi, an’analari, folklori, tarixiy shaxslari va obidalari hamda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni aks ettiruvchi turli hujjatli filmlar, shuningdek, “Oltin fond”ga kiritilgan tarixiy filmlarimiz va xalqaro kinofestivallarda muvaffaqiyatli qatnashgan milliy badiiy filmlarni o‘zbek va rus tillarida (ingliz tilida subtitrlar bilan) maxsus namoyishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bu maqsadda yuqoridagi mazvularda turli yillarda suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar ro‘yxati shakllantirilib, “O‘zbekkino” Milliy agentligining ekspertlari tomonidan saralab olindi.

uzbekkino 1

uzbekkino 2

Filmlar namoyishini tashkil etish uchun Samarqanddagi quyidagi ob’ektlar tavsiya qilindi:

1) “Sharq Yulduzi” kinoteatri (Navoiy ko‘chasi, 40-uy);

2) Samarqand shahar tarixi Afrosiyob muzeyi (Toshkent yo‘li ko‘chasi, 7-uy);

3) Viloyat O‘lkashunoslik muzeyi (Jomiy ko‘chasi, 56-uy).

Hozirgi kunda “Sharq Yulduzi” kinoteatri namoyishlarga tayyor holga keltirildi, qolgan ob’ektlarda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

lenta uzbekkino

2017 yilning ikkinchi yarmidan mazkur amaliy tajribani respublikamizning boshqa turistik hududlarida ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Murojaat uchun: "O‘zbekkino" Milliy agentligining Samarqand viloyati hududiy bo‘limiga bog‘laning.

Tel.: (366) 237-49-82, 237-29-92, (+998 97) 925-11-16

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

welcomeuzbekistan eng