Shahrisabz mehmonlari uchun yangi ko‘ngilochar dastur

logo shahrisabz

Shahrisabzning tarixiy Chorsu maydonida tarixiy-etnografik va folklor raqs tomoshalari o‘tkazishga mo‘ljallangan katta amfiteatr ishga tushirildi.

shahrisabz 2017 1

shahrisabz 2017 2 

shahrisabz 2017 4

shahrisabz 2017 3

Qashqadaryoga xos an’anaviy raqslar moddiy va nomoddiy madaniy merosni o’zida mujassam etuvchi qiziqarli unsurlardan biridir. Yurtimizda har bir viloyat, har bir hudud o’zining raqsi, musiqasi va liboslariga ega bo’lib, ushbu raqslar maxsus shoular, folklor kechalari hamda ko‘ngilochar dasturlar davomida turistlar e’tiboriga havola etilishi sayyohlik dasturini boyishiga, kechki payt ham sayyohlar uchun taklif qilinadigan servis turlarini davomiyligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qashqadaryo, xususan, Shahrisabzning musiqa va raqslari madaniyatning o’ziga xos ko’rinishi bo’lib, shaharning yangilangan markaziga ko‘plab turistlarni jalb etishga xizmat qiladi hamda chet ellik mehmonlarda yorqin taassurot uyg’otib, xalqimizning boy milliy madaniyatini namoyish etish imkoniyatini berishi aniq.

Qashqadaryo viloyati folklor ansambli va aktyorlar guruhi har kuni soat 19.00 da milliy urf-odatlarimizdan namunalar va Amir Temur hayotining yorqin lavhalarini sahnalashtirgan chiqishlar orqali namoyish etish yo‘lga qo‘ydilar.

Ushbu madaniy xordiq dasturi haqidagi qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali bilish mumkin:

 (+998 90) 729-11-77 va (+998 75) 522-00-97

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan