G‘elon – Shahrisabzning eko va etnoturizm mo‘jizasi

logo kashkadaryaShu yilning 16 avgustida O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduxakimov va soha mutaxassislari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida 2200 metr balandlikda joylashgan tog‘li G‘elon qishlog‘iga turizm saloxiyatini va uning kelajakdagi rivojlanishini o‘rganish maqsadida tashrif buyurdilar.   

kishlak gilan 1

kishlak gilan 2

Ushbu xushmanzara qishloqda rais boshchiligidagi ishchi guruh yerlik aholi va mahalla vakillari bilan muloqot olib bordi hamda aholi xonadonlaridagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. G‘elon qishlog‘i nisbatan katta bo‘lib, bu yerda yashovchilarning soni bir necha ming kishini tashkil qiladi. Monitoring natijasida qishloqqa olib boradigan yo‘lning ahvoli bilan bir qatorda qo‘shimcha turizm infratuzilmasini yaxshilash, bu yerga ekoturizm ihlosmandlarini jalb qilish, sanitariya-gigiyena tarmoqlarini talab darajasida tashkil etish va jamoat ovqatlanish punktlarini qurish zarur degan xulosaga kelindi.     

kishlak gilan 3

G‘elonning geografik joylashuvi sababli G‘elon sayyoxlar uchun ekoturizm markazlaridan biriga aylanish imkoniyatiga ega. Birinchi bosqichda ushbu qishloqda beshta xonadonda mehmon uylari tanlab olinib, bularda sayyohlar turur joyi tashkil etish taklifi bildirildi. Xonadon egalari uchun esa Shahrisabzda mehmon-uylarini tashkil etish, turistlarga xizmat ko‘rsatish qoidalari va standartlar bo‘yicha o‘quv seminarlari uyushtirishga kelishib olindi.     

kishlak gilan 4

Kelajakda sayyoxlikning trekking, rafting, ekoturizm va etnoturizm kabi yo‘nalishlarini rivojlanitirish uchun Qashqadaryo va boshqa hududlardagi G‘elon qishlog‘idagi kabi so‘lim tog‘oldi qishloqlarda shu kabi sayyohlar uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha aholi bilan hamkorlikdagi loyihalar davom etadi.  

kishlak gilan 5

kishlak gilan 6

Yumshoq iqlim sharoitlari, ko‘plab tog‘ marshrutlari va baland tog‘li hudularning noyob tabiati faol va ekstremal  dam olishni afzal qilgan minglab sayyoxlar uchun chekka tog‘li hududlarimizda ham aholini tadbirkorlikka jalb qilish orqali turizm markazlarini yaratishga imkon beradi. 

Matbuot xizmati 

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan