Marg‘ilon shahrida xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman

27-28 iyul kunlari Marg‘ilon shahrida “To‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishda ilm-fan integratsiyalashuvining o‘rni va dolzarb muammolar yechimi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman tashkil etiladi.

 

Anjuman doirasida Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida milliy ipak matolar ko‘rgazma-yarmarkasini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Ushbu anjumanning ochilish marosimida taniqli san'atkorlar va estrada guruhlarining chiqishlari bo‘lib o‘tadi.

Madaniy tadbirlarning eng yorqini bo‘lib, milliy matolarimizdan yaratilgan yosh dizaynerlar liboslari moda ko‘rgazmasi - defile tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan, Oltin vodiy mehmonlarini, xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi xususiy sayyohlik kompaniyalari hamda barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimizning ipak sanoati yutuqlarini aks ettirgan ushbu katta tadbirdan chetda qolmaslikka chaqiramiz.

Anjuman Marg‘ilon shahrining “Hunarmandchilik markazi”da bo‘lib o‘tadi. 

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan