Qishloqlarda turistlar uchun turarjoylar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev, Toshkent viloyatiga o‘z tashrifi davomida,  viloyatning turistik salohiyatidan samarali foydalanish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

bostonlik 2017 1  bostonlik 2017 2

Joriy yilning 23 iyul kuni Mehnat vaziri A.Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi birinchi o‘rinbosari R.Usmanov,  «Mikrokreditbank»  raisi G. Mamatqulov va Toshkent viloyati  Bo‘stonliq tumani hokimi B.Sultonov ishtirokida mazkur tumanning  “Qoramozor” hamda “Yangiqo‘rg‘on” mahallalariga o‘z tashriflarini amalga oshirib, shahardan chet joylarda ham  turistlar uchun mehmonxonalar yaratish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonxonalarni ochishdan asosiy maqsad-chet ellik mehmonlarni milliy urf-odatlar, an’analar, mahalliy folklor, milliy oshxona bilan tanishtirish hamda  agro-etno va ekoturizm yo‘nalishlarini yanada rivojlantirishdan iborat. 

Ushbu loyiha, bir tomondan, mahalliy aholi bandligi muammosini hal qilishga, boshqa tomondan  esa, mamlakatimizga yanada  ko‘p sayyohlarni jalb qilishga keng imkoniyat yaratadi. 

bostonlik 2017 5

bostonlik 2017 3

bostonlik 2017 4 

bostonlik 2017 7

bostonlik 2017 6

bostonlik 2017 8

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan