Rishtonda yangi formatdagi milliy mehmonxona

Rishtan ceramics 01

Rishton markazidan 600 metr, “Farg‘ona-Qo‘qon” markaziy yo‘lidan 25 metr uzoqlikda mehmonxona va “Said’s ceramics” oilaviy korxonasi joylashgan. Mehmonxonaning nomlanishi Rishton kulolchiligi bilan bog’liq bo‘lgan ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiradi. 

Rishtan ceramics 1

Kulolchilik ustalari uzoq yillar davomida xalq an’analarini saqlagan va boyitgan holda kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni san’at darajasigacha olib chiqishgan. Rishton moviy kulolchiligining o‘ziga xos tarzda yasalish usuli, bejirim va yumshoq naqshlari yurtimizdan tashqarida ham mashhur. Mehmonxonaning kirish qismida “Karvon” manzarasi va gullar bilan bezatilgan katta xum-vaza e’tiboringizni tortadi. Bu yerda tayyor kulolchilik buyumlaridan iborat san’at galereyasi joylashgan.  Sizni “Said’s ceramics” korxonasi rahbari Said Axmedov kutib oladi. Yosh ammo iqtidorli bu usta IV avlodda kulolchilikni davom ettirayotgan bo‘lib, oila a’zolari bilan birgalikda mehmondo‘stlik va iliqlikni his qilishingiz va tashrifingiz taassurotlarga boy bo‘lishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishadi.  

Rishtan ceramics 2

Rishtan ceramics 3

Rishtan ceramics 4

Sizga kulol qo‘l mehnati mevasi loydan peshtoqqacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish jarayonni guvohi bo‘lishingiz mumkin. Ta’bingizga qarab o‘quv-mahorat darslari ham o‘tkaziladi. “Said’s ceramics” korxonasi qoshida fransuz tilini o‘rganish uchun kurslar tashkil etilganligi fransuz tilida gaplashadigan mehmonlar uchun katta qiziqish uyg‘otadi. 

Rishtan ceramics 5

Rishtan ceramics 6

Ushbu yangicha formatdagi mehmonxona turistlar uchun barcha maishiy texnika anjomlari bilan jihozlangan va 5 ta xona, 2 ta yuvinish xonasi, hojatxona, oshxona va tushlik uchun ayvondan iborat. Mehmonxona xududida  tozalik va sanitariya-gigiyena sharoitlariga qat’iy amal qilinadi, shuningdek, tandir, xum pishirish ochog’I borligi sabab yong‘in havfsizligi ham alohida nazoratga olingan.  

Rishtan ceramics 7

Rishtan ceramics 8

Rishtan ceramics 9

Mehmonlar xalqimizning urf-odatlari va an’analari, boy o‘zbek oshxonasining xususiyatlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin. Xonadon egalari tashrif buyuruvchilarning Rishtonda o‘tkazgan vaqtlari haqida uzoq yillar mamnuniyat bilan eslab yurishlari uchun qo’llaridan kelgancha harakat qilishadi. 

Rishtan ceramics 10

Rishtan ceramics 11

Rishtan ceramics 12

Ushbu mehmonxona va ustaxonaga tashrif buyurish hamda chet ellik sayyohlarni taklif etish maqsadida bo‘lsangiz, quyidagi aloqa telefonlariga bog’lanishingiz mumkim:

(+998 90) 303-00-39, 408-97-40, (+998 73) 452-31-30

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan