Rossiyaning НТВ kanali Buxoroda

logo ntv

Mamlakatimizning tarixiy va madaniy obidalari, urf-odatlari, milliy kiyimlarining jilosi va milliy taomlarining xilma-xilligi hamda o'ziga xosligi xorijiy davlatlarda o'zgacha qiziqish uyg'otib kelmoqda.

Mamlakatimiz turizm sohasini rivojlantirish va xorijiy mamlakat aholisini qiziqtirish maqsadida Turizmni rivjlantirish davlat qo‘mitasi bir qator xorijiy OAV bilan yaqindan hamkorlik qilishda davom etmoqda.

Joriy yilning 18-20 iyul kunlari Rossiyaning НТВ kanali “Пора в отпуск” ko‘rsatuvi ijodkorlari viloyat mehmoni bo‘lishdi. “Пора в отпуск” ko‘rsatuvi navbatdagi sonida yurtimiz hayotining avval namoyish etilmagan qirralari va oilaviy turizm nuqtai nazaridan yaratiladigan sayohat ko‘rsatuvi uchun suratga olish ishlari tashkil etildi.

ntv buhara 2017 1

ntv buhara 2017 3

 ntv buhara 2017 2

Mehmonlarning tashrifini birinchi kunida ko’rsatuv ijodkorlari osh tayyorlash musobaqasida ishtirok etishdi. Mohir oshpaz hay’at a’zoligida o‘tgan bellashuvda avvalo ishtirokchilar qadim Buxoroning ko’xna dehqon bozorida bo‘lib, dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilgan noz-u ne’matlardan sara masalliq tanlash sharti qo‘yildi.

ntv buhara 2017 5

ntv buhara 2017 6

Osh pishirish musobaqasining tasvirga olish jarayonlari Buxoroning tarixiy markazida bo‘lib o‘tdi va bir vaqtning o‘zida me’moriy obidalarimiz hamda milliy oshxonamiz sirlari uyg’unlikda rossiyalik tomoshabinlarga namoyish etiladigan bo‘ldi. Ko‘rsatuvning ilk tanlovi yakunlangach, mehmonlar Xorazm viloyatiga, Xiva shahrining durdonasi Ichan Qal’sga yo’l olishdi. Bu yerda rossiyalik oilani dorbozlik va xorazmcha raqs bo‘yicha sinovlar kutib qoladi. Bundan tashqari tasvirga olish guruhini Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Mo‘ynoq tumani, Orol dengizi bo‘yida hamda Shahrisabzdagi betakror turizm manzilllariga ham olib borishni rejalashtirgan. Bu safar davomi tavsilotlari haqida bilishni istasangiz, u holda keyingi maqolalarni kuzatib boring.

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan