Samarqandda bo‘lg'usi turizm mutaxassislari tanlovi

17 may kuni Sartepo turizm va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida «Kasb mahorati» ko‘rgazmasi, «Eng yaxshi mutaxassis» hamda «Eng yaxshi biznes loyiha» ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi.

turism kollej 2017 4

Mazkur tadbir bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish, malakali kichik mutaxassis kadrlar tayyorlash, hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish va ularning bandligini ta’minlashga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

turism kollej 2017 1

Tashkil etilgan ko‘rgazmali ko‘rik-tanlovlarda Samarqand oziq-ovqat va Sartepo turizm va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejlaridan 5 ta ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchilar o‘zlarining kasb mahoratlarini namoyish etishdi. Kichik mutaxassislik diplomiga ega bo‘layotgan yoshlarning yo‘nalishlar bo‘yicha kasb mahorati taqdimotlari viloyat jamoatchiligi vakillari, sayyohlik korxonalari va mehmonxona rahbarlari, mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi.

turism kollej 2017 3 

turism kollej 2017 2

turism kollej 2017 5

Ayniqsa, turistik xizmatlar tashkilotchisi, mehmonxona va restoran xizmati menejeri kabi ixtisosliklarni egallagan yosh mutaxassislarning ko‘rgazmali namoyishlari ko‘pchilikning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Mazkur tadbirlar 21 mayga qadar davom etadi.

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan