SamCityBike – Samarqand bo‘ylab velosayohat

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yurtimizda faoliyat olib borayotgan sayyohlik kompaniyalari tomonidan turli xil sayyohlik mahsulotlarni ishlab chiqish, yangi xizmat turlarini turistlarga taklif qilish bo‘yicha tashabbus va takliflarni doimiy rag’batlantirib, ularni amalga oshirish yuzasidan yordam ko‘rsatishda davom etmoqda. 

veloprokat

Shu kabi yangi xizmat turlaridan biri sayyohlik markazlarida velosiped ijara xizmatini taklif qilish sanaladi. Yaqinda bunday xizmat turini “Samarkand Renaissance” sayyohlik firmasi Samarqand shahrida tashkil etdi. Turfirma tashkil etgan "SamCityBike" veloklubi Samarqandning turizm sohasini yanada rivojlantirish, turistik mahsulotlar xilma-xilligini oshirish, shahar aholisi hamda mahalliy va chet el sayyohlari o‘rtasida shahar bo‘ylab faol tarzda sayyohatlarini tashkil etishga xizmat qiladi.  

veloprokat 2

Bu yangi xizmat turi orqali fuqarolarimiz va xorijlik mehmonlar velosipedlarda Samarqand shahrining boy madaniy meros obektlari, manzarasi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi. Bugungi kunda Samarqand shahrining Registon ko‘chasi (mo‘ljal Registon ansambli ro‘parasida) hamda Mustaqillik ko‘chasida (mo‘ljal Samarqand kinoteatri yonida) velosipedlarni ijaraga olishlari mumkin.  

Shuningdek, tashkilotchilar jamoaviy tarzda velosport turi bo‘yicha marafon, musobaqalar, shahar va tabiat qo‘yniga sayyohatlar hamda boshqa turli xil tadbirlar tashkil etish bo‘yicha o‘z xizmatlarini ko‘rsatadi.

Ushbu xizmat turidan foydalanishni istaganlar quyidagi raqamlarga bog‘lanishingiz mumkin:

+99890 224-43-36, 251-07-25

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan