Velosipedda Xiva bo‘ylab

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan mehmonxona xo‘jaliklar hamda sayyohlik kompaniyalari ko‘rsatayotgan xizmatlar sifatini ocshirishda hamda sayyohlarga ko‘rsatiladigan turxizmatlar va turmahsulotlar turlarining ko‘payib borishi bo‘yicha turli chora-tadbirlarni amalga oshirishda davom etmoqda.

O‘z navbatida esa, hukumatimiz tomonidan qaratilgan e’tibor va berilayotgan imtiyozlar sabab xususiy tadbirkorlar ham yangidan-yangi tashabbuslar bilan chiqmoqda.

prokat velosiped xiva 2017

Misol uchun, Xorazm viloyatining Xiva shahrida faoliyat olib borayotgna sayyohlik tashkiloti “Gold Tour” MChJ tomonidan mahalliy va xorijoy sayyohlar o‘rtasida shahar bo‘ylab faol tarzda sayyohatlarini tashkil etishga xizmat qiladigan velosipedlar ijarasi xizmatini tashkil qildi.

Endilikda, mazkur xizmat turi orqali Xivaga tashrif buyurayotgan mehmonlar “Ichan qal’a” majmuasi bo’ylab velosipedlarda sayr qilishlari va Xiva shahri jozibasini tomosha qilishlari mumkin.

Ushbu loyihaning muvaffaqiyatidan ruhlangan tadbirkorlar velosipedlar sonini yana ko’paytirish niyatida ekanliklarini bildirishgan.

Velosipedlarni Xiva shahri A.Rahmonov ko’chasi 16 uyda joylashgan (Mo’ljal: “Ichan qal’a”, Ota darvoza ro‘parasi) “Old  Khiva” mehmonxonasidan ijaraga olish mumkin.

Murojaat uchun telefon: +998 95 606-68-32

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan