Yangi ilova bilan Xivaga sayohat

logo audiogid khiva

Ozbekistonimizning qadimiy shaharlarni tomosha qilish uchun kelgan sayyohlarning kopchiligi gid ekskursavod xizmatidan foydlanishadi. Chunki moziyning sirlari ufurib turgan qadimiy obidalarimizni tomosha qilish bilan birga ularning takrorlanmas tarixi haqida malumotlarga ega bolish ham sayyohlarga katta zavq bag'ishlaydi.

Ammo ba'zi paytlarda ayniqsa, individual ravishda yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlarning hamroh tarjimonlar xizmatidan foydalanishga imkoniyati bolmay qoladi. Bunday hollarda har bir sayyoh o'zining yonida barcha ma'lumotlarni aytib beruvchi qulay chontak gid gadjeti bolishini orzu qilib qolsa ajab emas.

gid khiva 1   gid khiva 2

Shunday ekan, viloyatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar uchun keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratish va xorijiy sayyohlar orasida viloyatimizga jumladan qadimiy va navqiron Xiva shahrimizga bolgan qizishni yanada oshirishni ta'minlash, qolaversa viloyatimizga individual ravishda keluvchi sayyohlarga qulaylik yaratish va ularni yanada koproq viloyatimizga jalb qilish maqsadida, Turizmni rivojlantirish Davlat qomitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi, “Ichan qal'a” davlat muzey qoriqxonasi ilmiy xodimi M.Abdurasulov bilan hamkorlikda smartfon va planshetlar uchun “Khiva Audio Tour” mobil ilovasi yaratildi.

gid khiva 3   gid khiva 4

“Khiva Audio Tour” mobil ilovasi muallifi yosh dasturchi Abdurasulov Rasulbek bolib, mazkur mobil ilovani hozirda “Android” tizimidagi smartfonlar va planshetlar uchun “Play Market” mobil ilovasidan va “IOS” tizimidagi smarfon va planshetlar uchun “App Store” mobil ilovalaridan yuklab olish imkoniyati mavjud. Mazkur mobil ilovada “Ichan qal'a” majmuasidagi barcha tarixiy ob'ektlar haqida ma'lumotlar jamalngan. Ma'lumotlarni audio shaklda eshitish va undan tashqari matn shaklida ham olish mumkin. Ilovaga ob'ektlarning suratlari ham joylashtirilgan. “Khiva Audio Tour” mobil ilovasining yana bir oziga hos tomoni shundaki, bu uning GPS Navigator tizimiga ulanganligidir. Mobil ilova avtomatik ravishda tarixiy ob'ektlarni aniqlaydi va malumotlarni taqdim qiladi ya'ni, “Ichan qal'a” majmuasidagi ma'lum bir tarixiy ob'ektga yakinlashganda GPS Navigator tizimi orqali ob'ektni tanib oladi va ma'lumotlar audio shaklida yangray boshlaydi.

“Khiva Audio Tour” mobil ilovasi joriy yilning mart oyida ishga tushdi. Mobil ilova ingliz va rus tillarida yaratilgan bo'lib, hozirda mazkur mobil ilovani frantsuz tilida yaratish boyicha ishlar olib borilmoqda. Internet orqali yuklab olishdan tashqari, hozirda mazkur mobil ilovani “Ichan qal'a” majmuasida joylashgan “Axborot markazi”dan ham olish imkoniyati mavjud. Axborot markazida sayyohlarning smartfon va planshetlariga mazkur mobil ilova hech qanday tolovlarsiz yuklab berilmoqda. Undan tashqari, mazkur “Axborot markazi”da planshetlar ijarasi yolga qoyilgan bo'lib, planshetlarning hammasiga “Khiva Audio Tour” mobil ilovasi ornatilgan. Mobil ilova ishga tushgan kundan boshlab ilova koplab sayyohlar tomonidan internet orqali yuklab olingan hamda mazkur mobil ilova haqida qoplab ijobiy fikrlar bildirilgan.

Axborot markazi telefon raqami: (0362) 375-69-28

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan