Respublikamizda faoliyat yuritayotgan turoperatorlar diqqatiga

2016 yil 15-16 yanvar kunlari Lyuksemburg shahrining «LuxExpo» ko‘rgazma majmuasida «Vakanz-Le Salon du Tourisme-2016» xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. 

Batafsil...

“Ipak yo‘lida turizm” XXI Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi davom etmoqda

logo tmtya 2015Anjuman doirasida qiziqarli taqdimotlar, amaliy muzokaralar, an'anaviy festivallar bilan birga “Hosted Buyers” (“Professional xaridorlar”) dasturi uchrashuvlarida xorijiy kompaniyalar rahbar va menejerlari mamlakatimizdagi sayyohlik yo‘nalishlari bilan tanishish, hamkorlik o‘rnatish va o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Dastur doirasida “O‘zbekturizm” MK ning mintaqaviy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilayotgan namoyishlarda mehmonlar mamlakatimizning sayyohlik salohiyati haqida to‘liq ma'lumot olish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. 

Batafsil...

Sayyohlik sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlar diqqatiga!

Bugungi kunda Respublikamiz tijorat banklari tomonidan xalqaro plastik kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Batafsil...

«Ipak yo‘lida turizm» 21-Toshkent Xalqaro turizm ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

Yarmarkaning ochilish marosimida UNWTO ijrochi direktori Zoltan Shomogi, Rossiya Federatsiyasi turizm bo‘yicha agentligi rahbari o‘rinbosari Sergey Korneyev, shuningdek O‘zbekistonda akkredatatsiya qilingan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdilar.

Batafsil...

Buxoroda xalqaro turizm kuni nishonlandi

“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Buxoro mintaqaviy bo‘limi tomonidan 27 sentyabr kuni Buxoro shahridagi “Aziya Buxoro” mehmonxonasida Xalqaro turizm kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Unga sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi viloyatdagi mehmonxonalar, turistik firmalar, hamroh-tarjimonlar, restoranlar rahbarlari hamda viloyatimizga tashrif buyurgan barcha xorijiy va mahalliy sayyohlar taklif etildi.

Batafsil...

Andijonda seminar-trening

Andijon viloyatida turistik faoliyat olib borayotgan tashkilotlar uchun “Mexmonxona xizmatining zamonaviy standartlari” mavzusida bir xaftalik seminar-trening o‘z ishini boshladi.

Batafsil...

Samarqandda “AKT va turizm” konferensiyasi

logo ict weeks 20152015 yilning 16 sentyabrida mamlakatimizda o‘tkazilgan «ICT WEEK Uzbekistan-2015» AKT haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida «InfoCOM.UZ» va «ICTNEWS» jurnal tahririyatlari bilan hamkorlikda Toshkent Davlat axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida “AKT va turizm” mavzusida konferensiya tashkillashtirildi.

Batafsil...

Turizm bo'yicha grant

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 24 yilligi bayrami munosabati bilan «O‘zbekiston xalqlarining madaniy-tarixiy merosini, mamlakatimizda mustaqillik yillarida jamiyat hayotining turli sohalarida erishilgan yutuqlarni ommalashtirish bo‘yicha fuqarolik jamiyati institutlarining loyihalarini qo‘llab-quvvatlash» mavzuida davlat grantlari ajratish uchun qo‘shimcha tanlov e'lon qiladi.

Batafsil...

Fransiyaning sayyohlik bo‘yicha kasaba uyushmasi Milliy assotsiatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurmoqchi

Uzbekistanlogo2015 yilning 17 -20 oktyabr kunlari mamlakatimizga Fransiyaning sayyohlik bo‘yicha kasaba uyushmasi Milliy assotsiatsiyasi delegatsiyasi tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Tashrifning asosiy maqsadi mamlakatimizdagi sayyohlik salohiyatini yangi qirralarini ochish va samarali hamkorlik bitimlarini tuzish demakdir. Ta'kidlash joizki, ushbu assotsiatsiya bugungi kunda jahonning turli mamlakatlari bilan sayyohlik bo‘yicha hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda.

Batafsil...

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan

epigu uz 

logo gis uz

Hozir saytda 257 mehmon mavjud Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar - 0


Sayt xaritasi

Increase size
Reset to Default
Decrease size

FORUM